Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyati shariat qonunlariga to'la mos keladigan birinchi RIZQ / BARAKA raqamli islom banki ochildi, deb xabar bermoqda Arab News.
Bank korporativ va xususiy mijozlar uchun raqamli xizmatlarni birga olib boradi. Bank Shveytsariya Zurich Capital Funds Group moliyaviy xolding kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.
U shariat qonunchiligiga muvofiq operatsiyalarni o'tkazadi.
Hizmatlarni mobil' telefon yoki komp'yuter yordamida raqamli formatda olish mumkin bo'ladi. Maxsus dasturni Apple Store yoki Google Play orqali yuklab olish imkoniyati bor.
BUSINESS EMIRATES ma'lumotlariga ko'ra, Bank yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi mijozlarga xizmat ko'rsatadi. Kelgusida bank ta'sischilari Avstraliya, Ozarbayjon, Braziliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Indoneziya, Mavritaniya, Malayziya va O'zbekistondagi banklar va boshqa moliya institutlariga o'z faoliyatlarini kengaytirish niyatida.
Zurich Capital Funds boshqaruvi raisi Fahid Al Merhebining so'zlariga ko'ra, bu bank shariatga me'yorlariga mos platforma ishga tushirilgandan keyingi so'nggi raqamli g'oyalaridan biridir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.
Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.
Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati