Namangan viloyati shahar-tuman bosh imom-xatiblari va barcha imom-noiblari bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosarlari Jaloliddin domla Hamroqulov va Obidjon Qodirov, Din ishlari bo'yicha qo'mita, Diniy idora va viloyat hokimligi mas'ul vakillari hamda Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov, shuningdek, "Hidoya" o'rta maxsus diniy ta'lim muassasasi mudiri, pedagog-o'qituvchilar ishtirok etdi.
Muloqotda so'zga chiqqan soha mutaxassislari yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz ma'rifatini yuksalatirish, diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etishlari uchun munosib sharoit yaratish, kelgusida diniy soha xodimlari oldida turgan vazifalarga alohida to'xtalib o'tishdi.
Notiqlar tomondan masjidlarda imom-xatib va imom-noiblar vazifada birligi, o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi, sadoqat bilan ishlashi, masjidlarni obodligi, namozxonlarga namunali xizmat qilishda teng bo'lishi lozimligi haqida to'xtalib o'tildi.
Yig'ilish yakunida yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyiga puxta tayyorgarlik ko'rish, masjidlardagi obodonchilik ishlariga e'tibor qaratish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.


.jpg)


O'zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.