Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Imomlar mas'uliyati oshirildi

09.02.2024   1625   2 min.
Imomlar mas'uliyati oshirildi

Namangan viloyati shahar-tuman bosh imom-xatiblari va barcha imom-noiblari bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosarlari Jaloliddin domla Hamroqulov va Obidjon Qodirov, Din ishlari bo'yicha qo'mita, Diniy idora va viloyat hokimligi mas'ul vakillari hamda Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov, shuningdek, "Hidoya" o'rta maxsus diniy ta'lim muassasasi mudiri, pedagog-o'qituvchilar ishtirok etdi. 

Muloqotda so'zga chiqqan soha mutaxassislari yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz ma'rifatini yuksalatirish, diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etishlari uchun munosib sharoit yaratish, kelgusida diniy soha xodimlari oldida turgan vazifalarga alohida to'xtalib o'tishdi.
Notiqlar tomondan masjidlarda imom-xatib va imom-noiblar vazifada birligi, o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi, sadoqat bilan ishlashi, masjidlarni obodligi, namozxonlarga namunali xizmat qilishda teng bo'lishi lozimligi haqida to'xtalib o'tildi.

Yig'ilish yakunida yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyiga puxta tayyorgarlik ko'rish, masjidlardagi obodonchilik ishlariga e'tibor qaratish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

14.09.2026   18342   1 min.
Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

Bugun, 14 sentyabr kuni Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov hamda boshqa qardosh va xorijiy davlatlar ulamolaridan iborat nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Yalpi majlisda nutq so‘zlagan muftiylar o‘z ma’ruzalarida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar:

– Kengash qoshidagi Fatvo hay’ati faoliyatini rivojlantirish, ummat uchun zarur qo‘shma fatvolar ishlab chiqish va zamonaviy masalalarga shar’iy yechim topish;

– diniy ta’lim muassasalarida ustoz va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-uslubiy loyihalarni amalga oshirish;

– ekstremizm, terrorizm, takfirchilik, islomofobiya va mazhablararo nizo qo‘zg‘ash kabi tahdidlarga qarshi yakdil ma’rifiy kurashni kuchaytirish.

Shuningdek, Ulamolar diniy-ma’rifiy sohadagi ana shunday hamkorlik butun Turkiy dunyo birdamligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Anjuman davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari