Butun musulmon olami uchun muqaddas bo'lgan Ramazon oyi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, etakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Maktublarda xorijiy hamkorlarimiz tomonidan O'zbekiston Prezidenti va ko'p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar o'z tabriklarini yo'llagan:
Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Halifa bin Zoid Ol Nahayon
Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said
Jazoir Halq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
O'mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said
Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o'rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo'mondoni o'rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Islom hamkorligi tashkilotining bosh kotibi Yusuf al Usaymin
Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur
Misr Bosh imomi, Al-Azhar universiteti rahbari Shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolar bilan muloqotni yanada mustahkamlash, aholini qiynayotgan masalalarni tinglash va ularga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi.
Muftiy hazratning birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov qabul jarayonida yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarning oilaviy munosabatlar, xayriya va saxovat ishlarini tashkil etish, ijtimoiy ko‘mak olish, shuningdek, diniy-ma’rifiy masalalarga oid murojaatlarini tingladi.
Har bir murojaat mazmunan chuqur o‘rganilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga asosli va batafsil javoblar berildi. Ayrim muammolar shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish, tahlil va muvofiqlashtirish talab etiladigan masalalar tegishli bo‘limlar va mas’ul mutaxassislarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Shu bilan birga, murojaatchilarga amaldagi qonunchilik hujjatlari, diniy-ma’rifiy me’yorlar va joriy tartiblar asosida huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi. Bu esa fuqarolarning o‘z muammolariga to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar qabul davomida inson qadrini ulug‘lash, aholi dardiga quloq tutish borasidagi bunday muloqotlarni yuqori baholab, minnatdorlik bildirishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati