Indoneziyaning etakchi radiokanali "Indoneziya ovozi" " O'zbekistonda Ramazon" eshittirishini efirga uzatdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Dastur boshlovchisi Asmavati mamlakatimizning Indoneziyadagi elchixonasi xodimlari bilan masofaviy muloqot qildi.
Efirda O'zbekistonda Ramazon oyini nishonlash odatlari, oila va do'stlar bilan iftorlarni tashkil etishning o'ziga xos jihatlari va an'anaviy taomlar – nisholda va palov tayyorlash haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, yurtimizda Ramazon oyini o'tkazishni istagan indoneziyalik sayyoh va ziyoratchilar uchun ziyorat turizmi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kuni kecha Indoneziyada o'zbek me'morlik uslubida ilk marta qurilgan Imom al-Buxoriy masjidi ochilishi, ayni kunlarda mamlakat bo'ylab Abu Ali ibn Sinoning "Sharqdan nur" hayoti haqidagi hujjatli fil'mi haqida hikoya qilindi.
Dastur yakunida elchixona xodimlari Indoneziya musulmonlarini Ramazon oyi bilan tabriklab, ikki mamlakatga tinchlik va farovonlik tilashdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati