Ertaga, chorshanba kuni Misr hukumati Covid-19 infektsiyasining oldini olish uchun muqaddas Ramazon oyida fuqarolar bajarishlari kerak bo'lgan xavfsizlik choralarini muhokama qiladi. Unda kambag'allar uchun xayriya iftorlari yoki uzoq vaqt davomida masjidlarda bo'lib turish kabi ba'zi tadbirlardan voz kechish masalasi kun tartibiga qo'yiladi.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra avvalroq koronavirus inqirozini boshqarish bo'yicha Oliy qo'mita yig'ilishida bosh vazir Mustafo Madbuli ehtiyot choralariga kuchli talab qo'yilganini ta'kidlagan.
Jumladan, 13 apreldan yopiq xonalarda katta yig'in, maraka, to'y va boshqa ommaviy tantanalarni o'tkazish ma'n etiladi. Musulmonlar masjidlarda ijtimoiy masofani saqlash, niqob kiyish, shaxsiy joynamozlardan foydalanishi kerak.
Mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi surunkali kasalligi va bolalari bo'lgan odamlarning uyda namoz o'qishini so'radi.
Biroq qoidalar 2020 yilga qaraganda ancha moslashuvchan bo'ladi. Bu safar ommaviy tungi namozlar (tarovih) o'tkaziladi, kafe va restoranlar ertalab soat birgacha, do'konlar esa kechki soat 11 gacha ochiq bo'ladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Zamonaviy johiliyat – 20-asr johiliyati – qadimgi johiliyatdan qolgan ba’zi bir narsalarni tiriltirishga kiroshmoqda. Insonlarni rizq borasida qo‘rqitish va ularni bolalarini (abort) oldirish - bundan maqsad bolalari ular bilan birga taom yeyishlaridan qo‘rqishlari - buning yaqqol misolidir.
Tabuk g‘azotida og‘ir ahvoldagi qo‘shinni ta’minlash paytida sahobalar mollarini infoq qilishda musobaqa qildilar. Hazrat Umar roziyallohu anhu molining yarmini keltirdilar, Hazrat Abu Bakr roziyallohu anhu esa, molining hammasini keltirdilar shunda, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Hazrat Abu Bakr roziyallohu anhuga: “Ahling va farzandlaringa nimani qoldirding?" dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu: "Ularga Alloh va uning Rasulini qoldirdim!" dedilar.
Yusuf Qarazoviy rahimahullohning
"Tavakkul" kitobidan Yahyo domla ABDURAHMONOV tarjimasi