Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2026   |   1 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
04:58
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2026, 1 Safar, 1448

Ramazon hilolini kuzatish bo'yicha Markaziy Osiyo ulamolari muloqoti

02.04.2021   3143   2 min.
Ramazon hilolini kuzatish bo'yicha Markaziy Osiyo ulamolari muloqoti

2021 yil 30 mart kuni O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston ulamolari ishtirokida Ramazon oyi hilolini kuzatishga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha onlayn davra suhbati bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Qozog'iston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Yershat Ongarov, Qirg'iziston musulmonlari idorasi apparati boshlig'i Kadirberdiyev Abibulla va bir guruh ulamolar ishtirok etdi.

Davra suhbatida ulamolar Islom dini manbalari va astronomik ma'lumotlarga tayangan holda joriy yilda Sha'bon oyining oxiri va Ramazon oyining hilolini kuzatish yuzasidan o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yershat Ongarov mintaqadagi mo'min-musulmonlar birdamligini ta'minlash, shar'iy ehtiyojlarini qondirish va ulamolarning hamfikrliligini yo'lga qo'yishda mashvarat yo'li bilan ish tutishda ijobiy natijalarga erishilayotganini bildirdi.

Homidjon Ishmatbekov Ramazon oyi mo'min-musulmonlarni uchun eng ulug' mavsum ekanini bildirgan holda Islom dini ta'limotlarida muborak Ramazon oyi va hayitining birinchi kunini belgilashda, Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning “Yangi oyni ko'rib ro'za tutinglar va yangi oyni ko'rib hayit qilinglar”, degan hadisi shariflari asos qilib olinganini izohladi. Hanafiy mazhabiga ko'ra, dunyoning qaysi erida yangi hilol ko'ringani ma'lum bo'lsa, shu hilol e'tiborga olinishi mo''tabar manbalarda bayon etilganini qo'shimcha qildi.

Muloqotda Qozog'iston va Qirg'iziston musulmonlari idoralari ulamolari ham o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Ko‘zlarda sevinch yoshlari, qalbda shukronalik: Ta’mirdan chiqqan uy o‘z egasiga topshirildi!

15.07.2026   1969   1 min.

"Vaqf" fondi Matbuot xizmati

VIDEO