Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13–19 noyabr' kunlari yurtimiz bo'ylab Bag'rikenglik haftaligi o'tkaziladi.
Ushbu haftalik doirasida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "Bag'rikeng O'zbekiston – umumiy uyimiz" mavzusida Halqaro press-klub bo'lib o'tdi.
Unda bir qator tashkilotlar, milliy madaniy markaz rahbarlari va konfessiya vakillari ishtirok etdi.
Spikerlar mamlakatimizda olib borilayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik siyosatiga yuqori baho berib, yurtimizda keng nishonlanadigan “Bag'rikenglik haftaligi” doirasida bo'lib o'tadigan tadbirlar xalqlarimiz orasidagi do'stlik rishtalarining rivoj topishiga, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidlashdi.


Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati