– Yurtingizga dunyoda yagona nusxadagi san'at asarimiz bilan keldik, – deydi Turkiyaning “Teknikel Avize” shirkati rahbari Serkan Ozjelik. – Masjidga maxsus buyurtma asosida uzunligi 17 metr, balandligi 14 metrni tashkil etuvchi qandilni yasab, o'rnatyapmiz. Qandil yonganida Asmoi Husana – Allohning 99 ismi, Kalimai tavhid va Bismilloh kalimalari uning nurida aks etadi.


















– Bu erda kattagina kutubxona ham joy olgan bo'lib, keyinchalik elektron kutubxona tizimi ham yo'lga qo'yiladi, – deydi masjid imom-xatibi Musoxon Abbosiddinov. – Ya'ni, masjidga kirgan namozxon ibodat vaqtiga qadar diniy kitoblarni elektron mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Mazkur yangi masjid ishga tushishi bilan Namangan shahrida masjidlar soni 38 taga, viloyatda esa 189 taga etdi.
Hotam MAMADALIYeV (surat), O'zA
Xabar berganimizdek, 19-20 avgust kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 19 avgust kuni ishtirokchilar kutib olinib, ularning Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlar markazning boy ekspozitsiyalari, Qur’oni karim zali, nodir qo‘lyozmalar hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, zamonaviy multimedia loyihalari va tarixiy eksponatlar ularda chuqur taassurot qoldirdi.
Ustozlar Markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar islom ma’rifatini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasida ham bo‘lishdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishdi.
Oqshomda Islom sivilizatsiyasi markazi binosida ma’rifiy dastur – mapping namoyish qilindi.
Mazkur tadbirlar islom sivilizatsiyasi merosini targ‘ib etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirib, yangi bosqichga olib chiqishda salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati