Qirq ikkinchi Sharja xalqaro kitob ko'rgazmasida Qur'oni karimning audio kitoblari, Brayl alifbosidagi adabiyotlar keng namoyish etilmoqda.
Jumladan, “Dar al-Barak” nashriyoti tomonidan bolalar uchun madaniy-ma'rifiy kitoblar, payg'ambarlar qissalari jamlangan audio kitoblar, shuningdek, ko'zi ojizlar uchun Brayl alifbosidagi qator diniy asarlar taklif qilinmoqda.
Abu Dabi arab tili markazi esa Brayl alifbosidagi madaniy, ijtimoiy va siyosiy asarlarni mehmonlar e'tiboriga havola etayapti.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati