Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan Urgutda barpo etilgan «Urgut» markaziy jome masjidi ro'yxatga olingan.

Yangi masjid guvohnomasini O'zbekiston musulmonlar idorasining Samarqand viloyati vakilligi rahbari, viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulovga viloyat Adliya boshqarmasi boshlig'i Saloxiddin Nuriyev
taqdim etgan.



Shu bilan Respublikamizdagi masjidlar soni 2085 taga, Samarqand viloyatidagi masjidlar esa 287 taga etdi.
Ma'lumot uchun, ushbu masjidni qurish bo'yicha mahalla faollari tuman imom-xatiblari bilan bilan maslahat qilgan holda tuman hokimiga, so'ng mutasaddi vazirliklarga murojaat qilishdi. Shundan so'ng Respublika tashkilotidan olingan javob xatiga asosan tuman xokimliginng 2013 yil 6 iyuldagi qarori bilan qurilish ishlari aholi hashar yuli bilan boshlab yuborildi.



Yangi masjid kiblasi mutaxasislar kuyoshning yozgi eng sungi botish va kishdagi eng sunggi botish nuktalari hisobga olinib, ushbu ikki nuqta orlig'i uch kismga bo'lib chap tomondagi bo'lak belgilandi. Shuningdek, kechasi Oltin qozik yulduziga qarab muljal olindi.



Hozirda qurilishi bitkazilgan yangi masjid maydoni bir gektardan oshiq, masjid xonaqosining hajmi 45x55 metr, ya'ni 2500 kv/mni tashkil qiladi.
Jome ikki qavatdan iborat bo'lib 8000 ga yaqin namozxonni o'z bag'riga sig'dira oladi. Honaqoh o'rtasida 34 metrli baland gumbaz qad rostlagan. Uning aylanasi 18 metrni tashkil etadi. Masjidning to'rt tomonida ikkitasi 40 metrli va yana ikkitasi 43 metrli bo'lgan to'rt minora qurilgan.
Zamonaviy tahoratxonadan bir vaqtning o'zida 100 kishi foydalanishi mumkin. Masjid xodimlari uchun 2 qavatli mamuriy bino barpo etilgan.
Alloh taolo ushbu masjidlarni qiyomatga qadar mo'min-musulmonlarga xizmat qilishini nasib qilsin, uning qurilishi va faoliyatini yo'lga qo'yishiga hissa qo'shganlardan O'zi rozi bo'lsin!



O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.
Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.
Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati