Bishr ibn Mansur aytadi: «Ayyubning huzurida o'tirib, ko'p keraksiz gaplardan gaplashdik». Shunda Ayyub: «Tilni tiyinglar. Hohlasam, bugun gapirgan har bir so'zimni aytib bera olaman», dedi.
Alloh kengchilik bersa, farzandlaringga ko'rsat
Hammod aytadi: «Ayyub qachon bozorga borsa, qo'lida oilasi uchun biror narsa ko'tarib olgan bo'lardi. Bir kuni yog' solingan shisha idish ko'tarib olganini ko'rib, bu haqda undan so'radim. U shunday dedi: «Hasandan eshitganmanki, mo'min Alloh taolodan go'zal odob oladi. Agar u kengchilik qilsa, Alloh ham unga kengchilik qiladi. Agar siqib qo'ysa, Alloh ham unga tor qilib qo'yadi».
«Solihlar gulshani» kitobidan
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati