Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Avgust, 2026   |   14 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:20
Quyosh
05:44
Peshin
12:25
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:28
Bismillah
27 Avgust, 2026, 14 Rabi`ul avval, 1448

Alloh taolo makon va zamondan oliy bo'lgan Zotdir

16.02.2021   3144   4 min.
Alloh taolo makon va zamondan oliy bo'lgan Zotdir

Ahli Sunna val-Jamoa deganda, hozirgi kunda eng katta jamoa bo'lgan va sunnatga to'g'ri amalqilib kelayotgan Moturidiy va Ash'ariylar tushuniladi.

Alloh taoloning zoti va sifatlari borasidafikrlashni, ular haqida ko'p gapirishni, bahs-munozara qilishni xush ko'radigan, Ahli sunna valjamoadan og'ishgan toifa vakillari har qandaynarsadan behojat bo'lgan Alloh subhonahu vataoloni osmonda deb bot-bot ta'kidlab keladilarva shunday deyishni aqidaning ustuvor ruknisifatida ko'radilar. Buning uchun ahli sunna valjamoaning mujtahidlarini ham “Allohosmonda!” deganlar, deb tuhmat va bo'hton qilib, ommani chalg'itib keladilar. Jumladan, Abdullo Zufar taxallusli shaxs tomonidan ham ushbu so'zlar aytilgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Albatta, mujtahid imomlarimizning bunday deganlari borasida hech qanday ishonchli va aniq dalil yo'q va bunday deb aytmaganlar ham. Aksincha, Ahli sunna val-jamoa: “Alloh taolo biror makonda o'rin olishdan xolidir”, - deydilar (Bad'ul a'moliyning o'zbekcha sharhi – e'tiqod durdonalari).

Aslida dinda, ayniqsa, Alloh taoloning zoti va sifatlari borasida bahs va munozara qilmoqlik o'ta xatarli hisoblanadi. Jumladan, Rasulullohsollallohu alayhi va sallamdan:

تفكروا في كل شيء ، ولا تفكروا في ذات الله

“Har bir narsa to'g'risida fikr qilavering, ammo Alloh taoloning zoti to'g'risida fikryuritmang!”, degan rivoyat mavjud (“al-Jome' as-sag'ir”, 2/3345).

Sahobai kiromlar, tobeinlar va taba'a tobe'inlar ham bu tarzdagi savollarni berish joiz emasligini aytganlar. Imom Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Alloh qayerda deb so'ragan kishiga javoban: “Qayerdani tayin qilgan zotga nisbatan qayerda deyilmaydi”, deganlar. Keyin yana aytganlar: “Biror makon yo'qligida ham Alloh bor edi”. Avval qanday bo'lgan bo'lsa hozir ham shundaydir. Yana u kishiga aytildi: “Alloh qayerda? degan savolga qanday fikrdasiz?”. Unga aytiladi: “Alloh taolo xalq yaratilishidan oldin va biror makon yo'qligida ham bor edi. U har bir narsani Yaratuvchisidir". Imom Shofe'iy rahimahulloh: “Alloh biror makon yo'qligida ham bor edi, so'ng makonni yaratdi”. U azaliy sifatlarida makonni yaratishidan oldin qanday bo'lsa o'shanday. U zotga zoti va sifatlarida o'zgarish joiz emas.

Demak, Alloh qayerda yoki qaysi makonda degan savol bid'at va bunga javob ham o'z-o'zidan bid'at ekanligi ochiq bayon qilingan.

Bunday savollarni qalbida shak-shubha bo'lgan kishilar berishini Alloh taolo Qur'oni karimda “Oli Imron” surasining 7-oyatida:

“U senga kitobni tushirgan zotdir. Undamuhkam–oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar hambor. Qalblarida hidoyatdan og'ish borlar, fitnamaqsadida va uni ta'vil qilish maqsadidaundan mutashobih bo'lganiga ergashadir. Uningta'vilini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo'lganlar esa, unga iymonkeltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar” –deb bayon qilgan.

Bu oyati karimada muhkam oyatlarni qo'yib, mutashobih oyatlarga, fitna ilinjida uning ta'viylini va ma'nosini ochiq bayon qilinishini ta'vil qiladigan kishilar iymonsiz kishilar ekanligi bayon qilindi. Ular mo'minlar ichida fitna chiqarish uchun shunday oyatlardan foydalanadilar va Alloh qayerda degan savolni beradilar.

Mo'minlar soddalik qilib bu tarzdagi savollarga javob berish o'rniga Alloh bunday kimsalar haqida Qur'oni karimda nima deganiga nazar solsinlar va ehtiyot chorasini ko'rsinlar. Alloh taolo makon va zamondan oliy bo'lgan Zotdir. Mutashobih ya'ni, ma'nosida maxfiylik bo'lgan oyatlarni Alloh o'zining dono Zotligiga ko'ra haqiqiy mo''minlardan qalblarida shak bo'lgan iymonsizlarni ajratish uchun va yana o'zigagina ayon bo'lgan hikmatlar uchun nozil qilgandir.

Alloh taolo barchamizni O'zining to'g'ri yo'lidan adashtirmasin, omiyn!

 

ZAYNIDDIN EShONQULOV – O'MI Samarqand viloyat vakili

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

27.08.2026   3918   1 min.
Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlarni yot g‘oyalardan asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi.
 

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Eshqobilov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning el-yurt osoyishtaligi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi xizmatlarini yuqori baholadi.


Marosimda fidoyi soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va bayram esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari