Inson o'z nafsini atrofidagi boshqa odamlardan yaxshiroq deb hisoblashi nafs kasalligining belgisi sanaladi.
Muolaja uslubi
Kimki bu xastalikdan shifo topmoqchi bo'lsa, o'zini ham, nafsini ham doimo nazorat qilishga odatlansin. Chunki har bir nafs egasi kamchiliklarini o'zi bilganchalik boshqa hech kim bilmaydi. Shuning uchun inson boshqalar haqida hamisha yaxshi gumonda bo'lishi va o'zini ulardan ustun qo'ymasligi lozim.
Gunoh va kamchiliklarini yodida tutishi, boshqalar undan yaxshi ekaniga ishonishi kerak. Bobom menga Abu Abdulloh Sijjiy rahimahullohning ushbu so'zlarini aytib bergandilar: “O'zingni hammadan ustun (fazilatli) deb hisoblamasang fazl egasisan, o'zingni fazilatli deb bilsang, senda hech qanday fazl yo'q”.
Abu Abdurahmon as-Sulamiyning
“Nafs illatlari va ularning muolajasi” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati