Qadimiy Dehlidagi mashhur “Jome” masjidi Shohjahon tashabbusi bilan 1656 yilda qurib bitkazilgan. Inshoot qurilishida besh ming nafar ishchilar olti yil mobaynida xizmat qilishgan. Uning asl nomi “dunyo vakili bo'lgan masjid”dir. Hovlisiga yigirma besh ming namozxon sig'adi. Kiyik terisiga yozilgan Qur'oni karim nusxasi majsidning asosiy yodgorligi sanaladi.
Shohjahon tomonidan “Jome” masjidga Bosh imom etib Sayid Abdulg'ofur Shoh Buxoriy tayinlanadi. U buyuk bobokalonimiz, muhaddis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy avlodlaridandir. Buni qarangki, “Jome” masjidi tashkil topgandan hozirgi vaqtga qadar 13 nafar imom aynan Buxoriy nisbasiga ega bo'lgan.
Bundan tashqari, Shohjahon Agra, Ajmer va Lahorda ham bir qancha masjidlar bunyod ettirgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
7 iyul kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov rahbarligida vakillik xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va “Haj – 2025” ziyoratchilaridan tuzilgan ishchi guruh Kosonsoy tumanida faoliyat boshladi.
Uchrashuv “A’loxon Maxdum“ jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanlar bosh imom-xatiblari, vakillik xodimlari va ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lgan hojilar ishtirok etdi. Kosonsoy tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, quyidagi 3 ta yo‘nalish belgilab berildi:
Ishchi guruh mahallalardagi bir necha xonadonlarga tashrif buyurib, aholi holidan xabar oldi. Yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazildi, taklif va mulohazalar tinglandi, keksalardan duo olindi.
Loyiha doirasidagi faoliyat Namangan viloyatining boshqa tumanlarida ham davom ettiriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati