Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Avgust, 2026   |   18 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:25
Quyosh
05:48
Peshin
12:23
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:21
Bismillah
31 Avgust, 2026, 18 Rabi`ul avval, 1448

Prezident maktabiga ekskursiya uyushtirildi

03.02.2021   7970   2 min.
Prezident maktabiga ekskursiya uyushtirildi

Joriy yil 2 fevral kuni “Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurti 2-kurs, 42-guruh talabalari guruh rahbari Abdunosir Bobamirzayev boshchiligida Namangan shahridagi Prezident maktabiga ekskursiya uyushtirildi.


Ekskursiya davomida Prezident maktabi direktori Pirnazarov Abdurasul hamda maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Zokirov Oybeklar maktabning tashkil etilish tarixi, talabalar hayoti hamda o'quv jarayoni haqida batafsil ma'lumotlar berishdi. Talabalar matabning barcha binolari, o'quv xonalari, sport zal, o'quvchilarga mo'ljallangan suzish havzasi, oshxona, kutubxona hamda talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.

Tanishish jarayonida talabalar, Prezident maktabiga chet el davlatlaridan jalb etilgan malakali o'qituvchilar bilan ingliz tilida suhbatlashib, bilim yurtimiz va unda yaratilgan shart-sharoitlar, o'qitiladigan fanlar haqida so'zlab berishdi. 

Maktabning ayrim o'quvchilari bilan uchrashish chog'ida bilim yurti o'qiuvchisi Abdulnosir Bobamirzayev maktabda yaratilgan sharoitlar shukrornasi o'laroq o'quvchilar bilim olish yo'lida yanada tirishqoq bo'lishlari, ilm-fan rivoji va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladigan, yurtimizni dunyoga tanitadigan yuksak kadrlar bo'lib etishib chiqishga harakat qilishlari yuzasidan ko'rsatmalar berib, o'qitilayotgan fanlarni yanada yaxshiroq o'rganish, kelajakda etuk allomalarimiz kabi olimlar bo'lib etishishga bor g'ayratlari bilan harakat qilish kerakligi haqida gapirib o'tdi.

Ekskursiya so'ngida o'qituvchi va talabalarga yaratib berilgan qulayliklarni qadriga etish, yurtboshimiz boshchiliklarida olib borilayotgan islohotlardan to'g'ri, unumli foydalanib, yaratilgan sharoitlarning barchasi tinchligimiz, mustaqilligimizning sharofatidan ekanligini ta'kidlab shukronalik ruhida yashashlikka chaqirdilar va esdalik uchun suratga tushdilar.

Abdulnosir BOBAMIRZAYeV,
“Hidoya” o'rta maxsus islom

bilim yurti o'qituvchisi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   42675   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV