Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

Unutilayotgan sunnatlar (40-sunnat): Uyqudan turganda duo qilish

30.01.2021   9180   3 min.
Unutilayotgan sunnatlar (40-sunnat): Uyqudan turganda duo qilish

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqudan uyg'onganlarida bunday der edilar:

الحَمْدُ لِلَّهِ الَّذي أحيانا بعد ما أماتَنا وإلَيْهِ النشُور

"Alhamdu lillahillaziy ahyana ba'da ma amatana va ilayhin nushur"

Bizni vafot ettirgandan keyin qayta tiriltirgan Allohga hamd bo'lsin. Qayta tirilish Uning O'zigadir.

 

الحمدُ لِلَّهِ الَّذي رَدَّ عَلَيّ رُوحِي، وَعافانِي في جَسَدِي، وأذِن لي بذِكْرِهِ

"Alhamdu lillahillaziy rodda 'alayya ruhiy va 'afaniy fiy jasadiy va azina liy bizikrihi"

Menga ruhimni qaytargan, jismimga ofiyat bergan va zikrini qilishimga izn bergan Allohga hamd bo'lsin.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 nafar bolajonga sunnat to‘yi o‘tkazildi

14.08.2026   24290   1 min.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 nafar bolajonga sunnat to‘yi o‘tkazildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.

Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari