Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Mulla Ishaq” masjidi ro'yxatdan o'tkazilib, bu to'g'ridagi guvohnoma jome xodimlariga topshirildi.
Yangi masjid mamlakatimizning shimoliy hududi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani "Altinko'l" ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan.
Ma'lumot uchun, ushbu masjid ochilishi bilan mamlakatimizdagi masjidlar soni 2081 ta, Qoraqalpog'iston Respublikasida esa 53 taga etdi.
Alloh taolo ushbu masjidni “Altin ko'l” ovul fuqarolar yig'ini ahli va xalqimizga muborak qilsin. Uning faoliyatini yo'lga qo'yishga hissa qo'shganlardan O'zi rozi bo'lsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.
Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.
Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan