Bugun, 7 fevral' chorshanba kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning arz va takliflarini eshitdi.
Qabul chog'ida ular tomonidan ko'tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, oilaviy masalalar, diniy ta'lim, hajga borish, moddiy yordam singari murojaatlar tinglanib, mas'ullarga mazkur masalalarni o'rganib, qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlar bo'yicha kelganlarga muammolar echim bo'luvchi maslahatlar, shar'iy masalalar yuzasidan tavsiyalar, o'qish va haj borasida tushunchalar va moddiy yordam so'raganlarga belgilangan tartibda ko'mak berildi.
Bugungi qabul davomida Andijon, Toshkent, Horazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning echimi bo'yicha amaliy choralar ko'rildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.



O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati