OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...
* * *
ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari
* * *
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI
* * *
IYMON-E_''TIQOD KITOBI
* * *
NAZM
Ushbulardin keyin budur ahvol,
Kelgusi elga nomayi a'mol.
Su'adoning o'ng ilgidin kelgay,
Anda ul el sa'odatin bilgay.
Ashqiyo nomasinki tergaylar,
Orqadin, so'l ilikka bergaylar.
NASRIY BAYoN
Nomai a'mol bayoni
Bu voqelardan keyin ahvol shunday bo'ladi: insonlarning qo'llariga nomai a'mollari – amallar kitobi tarqatiladi.
(Nomai a'mol) sa'odatli kishilarning o'ng qo'liga beriladi, shunda u insonlar sa'odatga erishganlarini biladilar. Shaqovat ahli bo'mish badbaxt kimsalarning nomasini esa terib-tanlab, orqadan yoki chapdan – chap qo'lga beradilar.
IZOH. Qur'oni karimda o'z kitobi – nomai a'moli o'ng qo'lidan berilgan kishining xursandchiligi (Al-Haqqa surasi, 19-oyat); kitobi chap qo'lidan berilgan kimsaning nadomati (Al-haqqa, 25-oyat); nomai a'moli orqa tarafidan beriladigan kimsaning halokati (Inshiqoq surasi, 10-11-oyatlar) bayon qilinadi. Dalillar:
Al-Haqqa surasi, 19–24-oyatlari ma'nosi: “Bas, ul kun kitobi o'ng qo'lidan berilgan kishi aytur: «Olinglar, mening kitobimni o'qinglar! Albatta, men hisobimga ro'baro' bo'lishimni aniq bilar edim». (Qr: 84:9.) Bas, u o'zi rozi bo'ladigan bir hayot ichradir. Oliy bir bog'dadirki, mevalari (oluvchiga) egilib turgandir. «O'tgan kunlarda taqdim etgan (yaxshi) amallaringiz sababli, emin-erkin englar va ichinglar!» (deyilur)”.
Al-haqqa surasi, 25–35-oyatlari ma'nosi: “Ammo kitobi chap tomonidan berilgan kishi esa derki: «Eh, koshki menga kitobim berilmasa edi! - Hisobim ne ekanin hech bilmasam edim! Koshki (dunyodagi) o'sha (o'lim) hamma ishni tugatgan bo'lsa edi! Mol-mulkim menga hech bir foyda bermadi. (Butun) saltanatim ham yo'q bo'lib mendan ketdi». (Alloh vazifador zaboniya farishtalariga amr qilur:) «Tutinglar uni, (qo'llarini bo'yniga) bog'langlar; So'ng uni (dahshatli) olovga solinglar! So'ng uzunligi etmish gaz bo'lgan zanjirga bog'lab qo'yinglar (do'zaxga tashlanglar)! Chunki u ulug' Allohga iymon keltirmas edi. Miskinga taom berishga intilmas – targ'ib ham qilmas edi». Bas, bu kun bu erda u (kofir – inkorchi kimsa)ning hech bir yaqin (qarindosh va) do'sti yo'q”.
Inshiqoq surasi, 10-15-oyatlar ma'nosi: “Ammo kimning kitobi orqasidan berilsa: («Ey o'lim, qaydasan!» deb) o'limni chaqirib qolur va alangali do'zaxga kirur. Chunki u (hayoti dunyoda iymon keltirmay) ahli-oilasi (va qavmi) ichida masrur (molu mulki sababli sarxush) edi. Darhaqiqat, u hech qachon (tirilib, hisob uchun Rabbiga) qaytmasman deb o'ylagan edi. Yo'q! (U Rabbiga qaytur! Chunki) Albatta, Rabbi uni o'ta ko'rib turguvchidir”.
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.
Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!
«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi