Shu kunlarda Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo'lib turibdi.
Bugun, 22 yanvar' kuni tongda Prezidentimiz boshchiligidagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
O'tganlar xotirasiga Qur'oni karim oyatlari tilovat qilinib, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tomonlaridan Alloh taolodan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik va saodat tilab duo o'qildi.



O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni yurtimiz ziyoratchilari hajning eng muhim farzini ado etish maqsadida Arafot maydoniga borib joylashdi.
Hadislarda keltirilishicha, Arafot ulug‘ manzillardan biri bo‘lib, bu yerda qilingan duolar shak-shubhasiz qabul bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan hojilar har damni g‘animat bilib, bundan unumli foydalanmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.
Hojilarimiz Arafotda duoi xayrlar, ibodatlar bilan bo‘lib, peshin va asr namozlarini jam qilib o‘qiydilar. Duo va tazarrularda bardavom bo‘ladilar. Alloh taolodan yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishini, farzandu arjumandlarimiz baxtu saodatini so‘rab iltijolar qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati