Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

O'zaro tajriba almashildi

03.11.2023   2703   1 min.
O'zaro tajriba almashildi

Kuni kecha O'zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxona bo'limi mudiri Kamoliddin domla Mahkamov, Mir Arab oliy madrasasi va Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasalari Axborot resurs markazida bӯldi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxona bo'limi mudiri Kamoliddin domla Mahkamov har ikkala ta'lim dargohining Axborot Resurs markazi fondida tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishib, taklif va fikr mulohazalarini aytib o'tdi.

Shuningdek, Mir Arab oliy madrasasining ARM xodimi To'raxon Muzrabov kutubxonada amalga oshirilib kelinayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib, yangi kelayotgan adabiyotlar bilan tanishtirdi va aytib o'tilgan takliflarni doimiy amalga oshirilishiga yanada e'tiborli bo'lishini alohida qayd etdi.

To'raxon MUZRABOV,
Mir Arab oliy madrasasi ARM xodimi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   4256   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari