Bismillahir Rohmanir Rohiym
Mavlono Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: “Zaytunning salomatlikka qanchalik ko‘p foydasi borligini bilganimdan keyin o‘zimni majburlab achchiq, nordon bo‘lsa ham zaytun yeyishni boshladim.
Boshida juda qiynaldim, hatto uni yeyishga alohida mashq qilib, olti oy deganda uning iste’moliga o‘rgandim. Hozir esa biror taomni zaytunsiz iste’mol qilolmayman.
Gunohdan qaytish ham shunga o‘xshaydi. Gunoh, ma’siyatning nafsga rohatidan voz kechish insonga og‘ir keladi. Agar kishi o‘zini majburlab, nafsiga qarshi turaversa, achchiq zaytun davomli iste’mol bilan yoqimli tuyulganidek, gunohdan saqlanish ham lazzatli bo‘lib qoladi”.