Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2026   |   25 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:59
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:40
Bismillah
10 Iyul, 2026, 25 Muharram, 1448

Buxoriyning onasi

13.01.2021   2943   2 min.
Buxoriyning onasi

Farzandlarini eru ko'kka ishonmay yurgan Fotimani Allohning yana bir imtihoni kutardi. Bir kuni go'dak o'g'li Muhammad atak-chechak qilayotib, yiqildi. Shunda erda yotgan bir shoxcha uning ko'ziga zaxa etkazdi. Oradan uch-to'rt kun o'tgach, ona farzandining ko'rmayotganini payqab qoldi. Fotima dunyoni unutdi. Allohga nola qildi. Shu topda u o'g'lining ko'ra olishi evaziga hamma narsasini berishga tayyor edi. Katta o'g'li bilan birga buxorolik mashhur tabibnikiga jo'nadi.

Qartaygan, ko'zlari qisiq, titroq qo'lli tabib o'g'lini obdon sinchiklab ko'rib, davolashga ojiz ekanini aytdi. “Shifo yolg'iz Allohdan!” deb taskin ham berdi. Fotima tabib huzuridan bo'shashib, oyoqqo'li holsiz qaytdi.

Fotima sarosimaga tushmadi. U tunlari toatibodatda bedor, kunduzlari ro'zador bo'lib, Allohga iltijo qilib yolvordi, chin ixlos va umid bilan farzandining kasaliga shifo so'radi.

Kunlarning birida juda toliqib, ozroq uxlagan edi, tush ko'rdi. Hassa tutgan baland bo'yli, yuzi nurli, ko'rkam soqolli bir qariya tushiga kirdi. Keyin bilsa, bu zot Ibrohim Halilulloh alayhissalom ekanlar. U kishi Fotimaning qarshisiga kelib, unga xursand holda: “Ey ayol, Allohga ko'p yolvorib yig'laganing, tinmay duolar qilganing samarasiz ketmadi. Mehribon Alloh o'g'lingga ko'zlarini qaytarib berdi”, dedilar.

Uyqudan yuragi hapqirib uyg'ondi. Shoshilinch o'g'li yotgan xonaga chopdi. Kirib qarasa, ko'zi yana hammayoqni ko'ra boshlagan o'g'li o'rnida jilmayib yotardi. Ayol umid-iltijosi mukofotiga berilgan bu yaxshilikdan cheksiz sevindi. Allohga hisobsiz shukrlar aytdi, hamdu sanolar yo'lladi.

Onasi suyib-ardoqlab o'stirgan bu bola keyinchalik hadis ilmining sultoni, ulug' muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (Imom Buxoriy) bo'lib etishdi.

 

“Mo'minalar” jurnalining 2020 yil, 5-sonidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkentda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi

07.07.2026   7835   1 min.
Toshkentda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi

Bugun, 7 iyul kuni poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida yilning eng nufuzli tadbirlaridan biri — «I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li» nomli xalqaro anjuman boshlandi.



Ushbu yirik anjuman Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) hamda qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Nufuzli forumda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafarga yaqin martabali mehmonlar — davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va yetuk ulamolar ishtirok etmoqda.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkentda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi Toshkentda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi Toshkentda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi Toshkentda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi Toshkentda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi
O'zbekiston yangiliklari