Lankashirdagi musulmon yoshlar (Buyuk Britaniya) islom hamjamiyati odamlarni o'z shahrini axlatdan tozalashga chaqirdi.
Kompaniya vakillaridan biri Omar Zaman: “Avtoturargoh atrofi va shahar markazi bo'ylab chiqindilarni olib tashlash uchun har xil chora-tadbirlar ko'rilgan. Hatto bizga masjidga kelgan bolalar ham qo'shildi. Yosh avlod poklikning Islomdagi ahamiyatini qancha erta tushunsa, ular uchun shuncha yaxshi bo'ladi”, deydi.
Islam.ru ma'lumotiga ko'ra, Lankashir musulmonlar jamoasi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ketma-ket shu kabi tadbirlarni muntazam o'tkazib kelmoqda. Koronavirus pandemiyasi davrida ham markaz axlatdan shaharni tozalash tadbirlarini uyushtirishda davom etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati