Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Avgust, 2026   |   7 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:37
Peshin
12:26
Asr
17:15
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
20 Avgust, 2026, 7 Rabi`ul avval, 1448

O'zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi Islom hamkorligi tashkiloti nashri diqqat markazida

09.01.2021   1881   3 min.
O'zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi Islom hamkorligi tashkiloti nashri diqqat markazida

Malayziyaning mashhur «OIC Today» jurnalida «Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi» sarlavhali tahliliy maqola nashr etildi, deb xabar bermoqdi «Dunyo» AA.
Nashr O'zbekistonda o'tgan «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da barcha sohalarni isloh qilish uchun amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar yangi mamlakat qurishga qaratilganligini ta'kidlamoqda. Misol tariqasida bir qator ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, oliy o'quv yurtlariga qabul qilish parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 baravar, o'zbek yoshlarini oliy ma'lumot bilan qamrab olish darajasi esa 9 foizdan 25 foizgacha o'sdi. Shuningdek, birinchi marta kam ta'minlangan oilalarning mingga yaqin qizlari maxsus davlat grantlari asosida oliy o'quv yurtlariga qabul qilinganligi qayd etilgan.
Shu bilan birga, muallif o'quvchilarni O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish sohasidagi yutuqlari bilan tanishtirdi. Ta'kidlanishicha, Halqaro valyuta jamg'armasi va xalqaro reyting agentliklari hisob-kitoblariga ko'ra, O'zbekiston dunyodagi mavjud vaziyatga qaramay, 2020 yilda iqtisodiy o'sishning ijobiy sur'atlarini saqlab qoldi. Bundan tashqari, mamlakatda 197 ta yirik, minglab kichik va o'rta korxonalar hamda infratuzilma yaratildi.
Nashrda mamlakatimizning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashiga saylanishi, shuningdek, O'zbekiston rahbarining BMT minbaridan aytilgan global va mintaqaviy tashabbuslari alohida e'tirof etildi. Muallif ta'kidlanganidek, ushbu tashabbuslar katta qiziqish bilan kutib olingan va dunyo hamjamiyati tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Shu bilan birga, maqolada Prezident Shavkat Mirziyoev yoshlarning ulkan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytirishni ustuvor vazifa sifatida belgilaganligi ta'kidlangan. Shu munosabat bilan mamlakatda davlat rahbari tomonidan taklif qilingan «Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan, ta'lim va ma'rifat tizimidan boshlanadi» tamoyili doirasida keng ko'lamli islohotlar rejalashtirilgan.
«2021 yilda sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash O'zbekiston uchun eng muhim vazifalardan biri bo'lib qoladi. Mazkur vazifalar uchun 2021 yilgi davlat byudjetida 300 million dollarlik zaxira shakllantirildi. Ushbu mablag'lar aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash uchun ham sarflanadi», - deyiladi maqolada.
Hulosa o'rnida Malayziya OAV mamlakatni barqaror rivojlantirish maqsadida Hukumat boshlangan islohotlarni izchil davom ettirishini va har bir fuqaro o'z hayoti va taqdiri O'zbekistonning taqdiri va kelajagi bilan uzviy bog'liqligini yanada chuqurroq his qilishini bildirgan.
«OIC Today» - butun dunyo siyosatchilari uchun Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) mamlakatlari haqidagi premium-klassdagi ishbilarmonlik va investitsiyaviy jurnal.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

20.08.2026   4984   1 min.
Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

Xabar berganimizdek, 19-20 avgust kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 19 avgust kuni ishtirokchilar kutib olinib, ularning Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlar markazning boy ekspozitsiyalari, Qur’oni karim zali, nodir qo‘lyozmalar hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, zamonaviy multimedia loyihalari va tarixiy eksponatlar ularda chuqur taassurot qoldirdi.

Ustozlar Markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar islom ma’rifatini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasida ham bo‘lishdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishdi.

Oqshomda Islom sivilizatsiyasi markazi binosida ma’rifiy dastur – mapping namoyish qilindi.

Mazkur tadbirlar islom sivilizatsiyasi merosini targ‘ib etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirib, yangi bosqichga olib chiqishda salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari