Bismillahir Rahmonir Rahim!
Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati Payg'ambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz bo'lsin!
Muhtaram dinimiz jonkuyarlari bo'lganDiniy idoramiz xodimlari, ulamolarimiz, bosh imom-xatiblarimiz, masjidlar imom-xatiblari, imom noiblari, diniy ta'lim muassasalar rahbarlari, o'rinbosarlari, ustoz-murabbiylari va otinoyilarimiz, avvalo, xalqni hidoyat yo'liga boshlashdek g'oyat mas'uliyatli va sharafli ishga bag'ishlagan Siz, azizlarni beqiyos xizmatlaringizni yuksak qadrlab, barchalaringiz(!)ga cheksiz hurmatim va chuqur ehtiromimizni izhor etishga ruxsat bergaysizlar!
Mo'min-musulmonlarimiz sizlarni dunyodagi eng ulug' kasb sohiblari, muborak dinimiz vafodorlari, o'z ishiga fidoyi insonlar va “Payg'ambarimiz merosxo'rlari” deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak darajada qadrlaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya sharoitida chinakam peshvo bo'lib, maydonga chiqayotganingiz har qanday tahsin va ko'pdan-ko'p tasannolarga munosibdir!
Bu mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o'z hayotini xavf-xatarga qo'yib, jasorat va matonat namunasini ko'rsatib kelayotgan barcha diniy soha xodimlariga yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Ma'lumki, 2020 yil har bir soha kabi bizning tizim uchun ham mislsiz sinov, ayni vaqtda yangi tajriba orttirish yili bo'ldi. O'z vaqtida Rahbariyatimiz tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlarimiz bugun ijobiy natija berayotganini alohida ta'kidlash lozim.
Yakunlangan yilda butun dunyoga koronavirus pandemiyasi tarqalib, insonlar hayotiga katta xavf tug'dirdi. Yurtimizda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ko'rilgan tezkor chora-tadbirlar, dono xalqimizning chuqur tushunishi, keng tafakkuri va o'ziga xos sabr-toqati bilan bu ofat Haq taoloning madadi ila jilovlanib, ommaviy yoyilib ketishining oldi olindi.
Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan COVID-19 davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda olijanoblik namunasini ko'rsatgan, mehr-oqibat, saxovat va olihimmatlik fazilatlarini ulug'lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda ularga beminnat ko'mak berish borasidagi ishlarga katta hissa qo'shgan, hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, ezgu ishlari bilan ko'pchilikka o'rnak bo'layotgan QADRLI VA TABARRUK ULAMOLARIMIZ, MUHTARAM VA HURMATLI IMOM-DOMLALARIMIZ, AZIZ VA QIMMATLI MUDARRISLARIMIZ, MUShTIPAR VA MUNIS OTINOYILARIMIZ, MASJID-MADRASALARIMIZ BYeBAHO VA MYeHNATKASh HODIMLARI hamda SYeVIMLI VA SUYuKLI TALABALARIMIZning xizmatlarini alohida e'tirof etish kerak.
Ta'kidlash kerakki, COVID-19 balosi boshimizga tushgan sinovlar sharoitida va'zu irshodlar natijasida mo'min-musulmonlarimiz: “Ey, imon keltirganlar! Sabr va namoz bilan (Mendan) yordam so'rangiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir” (Qur'oni karim Baqara surasi 153 oyat), degan ilohiy bashoratga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, sabr va toat-ibodat ila hamjihatlikning yuksak namunasini ko'rsatdilar. Bu yil karantin tufayli ibodatlarini ado etishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni ham to'g'ri tushunmoqdalar. Bugungi qiyinchiliklar albatta o'tib ketib, Hudo xoxlasa, kelgusida xursandchilik kunlarni birga-birga nishonlaymiz.
Yurtimizda koronavirus davrida muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan xalqimiz salomatligini, fuqarolarimiz osoyishtaligini ko'zlagan holda bir qator chora-tadbirlar qo'llandi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, amalga oshirilgan ishlarning samarasi o'laroq, aholi soniga nisbatan olinganda MDH davlatlari orasida kasallik tarqalishining oldini olish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich aynan bizning mamlakatimizga to'g'ri keldi. Haqiqatan ham, sohaning etuk ekspertlari xulosasiga ko'ra, O'zbekiston ushbu pandemiyadan eng kam talofat ko'rgan davlat sifatida chiqadi, deb baholanmoqda.
Bu og'ir sinov davrida O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan mo'min-musulmonlar uchun bir qator murojaatlar va bayonotlar e'lon qilindi hamda ularning mazmun-mohiyati Siz azizlar tomonlaringizdan keng va batafsil tushuntirildi. Jumladan:
O'zbekistonlik etuk ulamolarimiz, notiq imom-xatiblarimiz tomonlaridan karantin ko'rsatmalariga amal qilish, ushbu sinovli kunlarda vahimaga berilmaslik, yaxshi kunlarga intilib yashash, yordamga muhtoj shaxslarga g'amxo'rlik qilish kabi yo'nalishlarda behisob targ'ibot ishlari olib borildi.
Bunday din xizmatchilarimiz mana shunday o'ta og'ir davrda va turli tabiiy ofatlar tufayli elu yurtimiz boshiga tushgan sinovlarning oqibatlarini bartaraf etishda haqiqiy jonbozlik ko'rsatganlari ulkan tahsinlargava beqiyos tashakkurlarga loyiqdir!
Natijada, matonatli xalqimiz kovid vabosi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir” degan oyati karimaga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bo'lib, insonparvarlik va mehr-oqibatlilikning yuksak namunasini butun (!) dunyoga ko'rsatdilar.
Diniy sohamizda mehnat qilayotgan fazilatli insonlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo'llab-quvvatlash, xayriya mablag'larini to'g'ri yo'naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga ko'mak berish, og'ir sharoitdagi odamlarni sabr-toqatga chaqirish, ularning ko'nglini ko'tarishdagi fidoyiliklari har qanday maqtovga loyiqdir! Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda: “Yaxshilikning mukofoti – faqat yaxshilikdir”, – deb xushxabar bergan.
Qayd etish lozimki, sinov ketidan sinovlar bo'lgan – kasallik va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yo'lida diniy sohamiz xodimlari ishtirokida jonliqlar so'yilib, najot so'rash namozlari ado etilgani, xatmi Qur'onlar, duoyu tazarrular, istig'forlaru salavoti shariflar aytilgani eng ulug'vor ishlardan bo'lganini alohida e'tirof etishimiz kerak.
Alloh taboraka va taolo insonlarni sinovli kunlarda sabr va qanoatli bo'lishga da'vat etib, Qur'oni karimda 94-surasining 5-6-oyati karimalarida “Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga engillik bordir”, – deb marhamat qiladi. Chindan ham, har qanday tashvish ortida engillik borligini COVID-19 kasalligidan sog'ayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimizning yordami ila o'z hayotini yangitdan yo'lga qo'yib olgan minglab vatandoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar.
Shubhasiz, har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabru chidam bilan mardona engib o'tishda diniy sohamiz xodimlarining pandu nasihatlari, ibratli o'gitlari va ezgu tashabbuslari juda ham katta ta'sir ko'rsatdi.
Muhtaram Yurtboshimiz pandemiyaga qarshi kurashda faollik ko'rsatganlarga tashakkur bildirib, keng jamoatchilik vakillari qatorida qadri baland muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimizni ham alohida esga olganlari diniy soha xodimlari mehnatlariga berilgan yuqori bahodir!
Karantinning eng-eng ashaddiy qiyin kunlarida xam xalqimizning salomatligini o'ylab, farovonligini ko'zlab davlatimiz, hukumatimiz chiqargan barcha topshiriqlarini muqaddas dinimiz ravnaqi, masjidu madrasalarimiz obodligini mo'ljallab, mo'min-musulmonlarimizni manfaatlari uchun batafsil etkazishda kechayu-kunduz beg'araz va beminnat xizmatlari bilan, diniy sohamizdagi barcha xodimlarimizga o'zlarining bevosita ko'mak va ulkan yordamlari bilan fidokorona xizmat qilayotgan Din ishlari bo'yicha qo'mitadan kelayotgan barcha muhim tavsiyalarni sohamiz xodimlariga onlayn ham, oflayn ham o'zlarining qimmatbaho yo'l-yo'riqlari bilan etkazayotgan Diniy idoramiz raislariga nafaqat mamlakatimiz xalqi tahsinlar aytdi, balkixalqaro darajada ham O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy hazratlari tan olinib, “Dunyodagi eng nufuzli 500 musulmon ro'yxati”dan o'rin oldilar.
Karantinning eng qiyin paytlarida ham qahramonona, jonini Jabborga berib, 24 soatlab, haftalab tinmay, beminnat xizmat qilgan shifokorlarimiz va huquq-tartibot xodimlaridan sira ham qolishmasdan xizmat qilgan diniy sohamiz xodimlarini dono xalqimiz nihoyatda yaxshi bilar ekan... Ta'kidlash joizki, xalqimiz tomonidan mana shunday ulug'vor ishlari uchun xali-xaligacha juda ham ko'p minnatdorliklar kelib tushmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali ham mamlakatimiz fuqarolari tomonlaridan alohida rahmatnomalar hanuzgacha izhor qilinmoqda. Ayniqsa, mana shunday samimiy, chin dildan yozilgan maktublarda O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, xususan Muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga alohida dil so'zlari bitilgan. Idoramizning barcha xodimlaridan xalqimizning minnatdorligini mo'min-musulmonlarimizdan kunda-kunaro kelayotgan tashakkuru rahmatnomalaridan bilish mumkin.
O'z navbatida biz ham mana shunday ulug'vor ishlarda boshchilik qilgan – Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamshetdin domla Bauatdinov, Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov, Navoiy viloyat bosh imom-xatibi Toirjon domla Ro'ziyev, Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulhay domla Tursunov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulla domla Zokirov, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Cayfiddinov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi marhum Hayrulla domla Turmatov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Holiqnazarov, Farg'ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydullo domla Abdullayev, Horazm viloyati bosh imom-xatibi Hayrulla domla Abdullayev va Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Raxmatullo domla Usmanov larga va mazkur katta ustozlar bilan birga xizmat qilayotgan ustozlar – muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimizning har birlariga ham ko'pdan-ko'p tashakkurlar va chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Pandemiya davrida oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida ham o'quv va ta'lim jarayonlari tinimsiz davom etdi, shuning uchun Toshkent islom instituti rektori Uyg'un G'afurov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Haydarxon Yuldashxodjayev, Hadis ilmi maktabi rektori Olimjon Yusupov, “Ko'kaldosh” islom bilim yurti mudiri Muhammadamin Nasriyev, “Mir Arab” islom bilim yurti mudiri Jamol Mavlonov, “Hoja Buxoriy” islom bilim yurti mudiri O'tkir G'uzorov, “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti mudiri Rustam Maxmudov, “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” islom bilim yurti mudiri Shamsiddin Bauatdinov, “Hidoya” islom bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzayev, “Faxriddin ar-Roziy” islom bilim yurti mudiri Davronbek Abduqodirov, “Jo'ybori Kalon” ayol-qizlar islom bilim yurti direktori Azizxo'ja Inoyatov, “Hadichai Kubro” ayol-qizlar islom bilim yurti direktori Nozimaxon Ibragimova, “Imom Termiziy” islom bilim yurti mudiri Shukrullo Umarov larga cheksiz tashakkur aytamiz!
Andijon viloyati Andijon shahri “Abu Hurayra” jome masjidi imomi Sharofiddin Musayev, Farg'ona viloyati Oltiariq tumani “Oq do'ppi Eshon” masjidi imom-xatibi Muhammadamin Abduhamidov, Farg'ona viloyati Buvayda tumani “Eshon bobo” masjidi imom-xatibi Tolibjon Ergashev, Surxondaryo viloyati Denov tumani bosh imom xatibi va “Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi Dilmurod Davlatov, Termiz shahar bosh imom-xatibi Nizomiddin Choriyev, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Sulton Mirxaydarbobo” ziyoratgohi direktori Ulug'bek Amirov, Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani “Hazrati Mirijanda” jome masjidi imom-xatibi Anvarjon Ganjiyev, Horazm viloyati Bog'ot tumani “Ho'jabobo” jome masjidi imom-xatibi Ergashboy Otajonov, Toshkent shahridagi “Katta Qozirobod” jome masjidi imom-xatibi, shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqahhor Yunusov, “Hazrati Imom” jome masjidi imom-domlalari Habibulloh Abdurazzakov, Muhammadabdulloh Baxromov, Abrorxon Sayfidinov, Ismoiljon Qurbonov, “Al-Badr” jome masjidi imom-xatibi Odiljon Holmurodov, “Ubay ibn Ka'b” jome masjidi imom-xatibi Abdulxakim Matqulov, “Pul emas ota” masjid imom-xatibi Habibulloh G'aniyev, “To'ra Buva” jome masjidi imom-xatibi Shovkatbek Hamdamov, “Masjidus salom” imom-xatibi Muzaffar Kamolov, “Hoja Ahrori Valiy” jome masjidi imom-xatibi Isomiddin Axrorov, “Baland masjidi” imom-noibi Ma'rufjonNorqulov, “Do'mbirobod” jome masjidi imom-domlasi Muhammadnazar Qayumov, “Muhammad Umar o'g'li Zokir” masjidi imom noibi Qahramonjon Ho'rozov, “Oltin tepa” jome masjidi imom-domlasi Islomiddin Zuxriddinov, “Shayx Ziyovuddinxon” jome masjidi imom-domlasi Erdonbek Esanov, “Yakkasaroy” jome masjidi imom noibi Dilmurod Raximov lar esa o'z xududlarida fidoyilarcha xizmatlari bilan xalqimizning ko'nglidan joy topib, rahbarlarning ham rahmatlariga sazovor bo'ldilar.
Ta'kidlash joizki, muhtaram va hurmatli fazilatli ulamolarimizning va diniy soha xodimlarining mehnatlarini qadrlash Yangi O'zbekistonda din sohasi va imom-domlalarga berilayotgan yuksak e'tiborning yana bir bor yaqqol namunasidir. Taraqqiyotimizning yangi davrida muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida Islom dini ma'rifatini keng tarannum etish, masjid-madrasalarni obod etish va ulamolarni, imom-domlalarni munosib qadrlash yo'lida juda ham katta ishlar amalga oshirilayotganidan, albatta, hammaning xabari bor.
Bugungi tarixiy o'zgarishlar va voqealarni hammamiz ko'rib, eshitib, bevosita guvohi bo'lib turibmiz... Bularning zamirida Yaratgan Parvardigori olamning irodasi ila bir yoqadan bosh chiqarib samarali mehnat qilishimiz hamda Davlatimiz Rahbari atrofida jipslashib yorqin kelajak va yuksak taraqqiyot sari dadil sa'y-harakatlarimiz mujassamdir.
E'tirof etish kerakki, joriy yilda ketma-ket kelgan sinovlarni mardona engib o'tishda diniy soha vakillari ham ulkan hissa qo'shmoqda. Ayniqsa, xalqimiz orasida katta obro'-e'tibor qozongan muhtaram va hurmatli fazilatli ulamolarimiz barchani sabr-bardoshga, o'zaro mehr-oqibatli, ahil va hamjihat bo'lishga da'vat etuvchi o'zlarining ta'sirchan so'zlari va chiqishlari bilan yurtdoshlarimiz qalbida ertangi yorug' kunlarga katta ishonch tuyg'usini mustahkamlaganlariga barcha guvoh bo'ldi.
Darhaqiqat, Islom dinining ezgu ta'limotlarini keng tarannum etish va Haq taoloning diniga xizmat qilish savobi ulug' amallardan hisoblanadi. Alloh taolo Qur'oni karimda O'z diniga xizmat qiluvchilarni shunday madh etadi: “Ey, imon keltirganlar! Agar sizlar Allohga yordam bersangiz (dinining rivoji uchun harakat qilsangiz), U ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit (barqaror) qilur” (Muhammad surasi 7-oyat).
Janobi Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o'zlarining muborak hadisi shariflarida: “Odamlardan bo'lgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qila olmagan odam Hudoga ham shukr qilaolmaydi”, – deb marhamat qilganlar. Dono xalqimiz esa: “Yaxshiga qilsang yaxshilik – ham aytadi, ham qaytadi. Yomonga qilsang yaxshilik – na aytadi, na qaytadi”, – deb bejizdan bejiz aytmagan.
O'zini jonini ham, oilasini salomatligini ham Hudoga topshirib, o'ta katta va jiddiy xavf-xatarni ham chetga surib, jonini ham, molini ham xalq uchun fido etgan HAR BIR IMOM-DOMLAMIZGA behisob tashakkurlar aytamiz!
Chuqur qayg'u bilan qayd etamizki, bu kasallik tufayli ko'pgina yurtdoshlarimiz qatorida etuk ulamolarimiz, tajribali imom-domlalarimiz va jonkuyar diniy soha xodimlarimiz ham bu dunyodan o'tdilar... To'g'ri, bu hayotda o'rni o'zgarmaydiganlar, albatta, yo'q... Lekin o'rnini hech kim bosa olmaydiganlar BOR! Ular quyidagilardir. Bugun biz o'zlarining benazirliklari bilan xalqimiz qalbidan mustahkam joy olgan quyidagi din xizmatchilari – ustozlarni alohida esga olishimiz lozim...
Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani “Dardoq” jome masjidi imom-noibi To'ychiyev G'ayratjon domla;
Namangan shahar “Homiddin qori” jome masjidi imom-noibi Ismailov Adhamjon domla, “Abdurazzoq qori” jome masjidi imom-noibi Hojiyev Ahadxon domla;
Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Navbahor” masjidi imom noibi Abdurahmonov Qo'chqor domla, Zarbdor tuman “Keriz” masjidi imom-xatibi O'tamurodov Qodirqul domla;
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani “Ho'ja Abdul Varroq at-Termiziy” masjidi imom xatibi Hasanov Shoxnazar domla, Denov tumani “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Toshboyev Panji domla;
Toshkent shahri Olmazor tumani “To'xtaboy” masjidi imom noibi Bahramov Ahmadulloh domla, Shayxontohur tumani “Baland” masjidi imom noibi Ismailov Habibulloh domla, Bektemir tumani “Alibek” masjidi imom noibi Ibragimov Ahmadjon domla, Yakkasaroy tumani “Rakat” masjidi sobiq imom-xatiblari, faxriy imomimiz, taniqli katta ulamomiz Hamdamov Abdulloh domla;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumani “Hakim Sulaymon” jome masjidi imom noibi Mamutov Muhammadali domla, Qoziyot hisobchisi Ametov Rembergen domla;
Buxoro viloyati sobiq bosh imom-xatiblari Nurillayev Mansurjon domla;
Samarqand shahar “Ho'ja Zudmurod” jome masjidi imom-xatibi Melikov Mustafoqul domla, “Abdulloh ibn Abbos” jome masjidi imom-xatibi Davronov Abdurahmon domla, “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi Islomov Nuriddinxon domla;
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Turmatov Hayrullo domla, Oqqo'rg'on tumani “Erbo'ta qozi” masjidi imom noibi Boyxonov Ismoilxon domla, Bekobod tumani “Turkman” jome masjidi imom noibi Erkayev Rahmonberdi domla;
Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani “Eski qo'rg'on” masjidi imom-xatibi Ismatillayev Tohirjon domla;
Horazm viloyati vakilligi huquqshunosi Jumaniyozov Baxtiyorjon domla;
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani “Paxtaobod” jome masjidi sobiq imom-xatibi Suyarov Abdurahmon domla;
Farg'ona viloyati Dang'ara tumani “Muhammadsaid xo'ja” jome masjidi imom-xatibi Ahmedov Sherzodjon domla;
Tabarruk ustoz Ubaydulla domla Uvatov, yirik mufassir Shayx Alouddin Mansur hazratlari, zabardast olim Dovudxon domla, mutasavvif ulamo Olimxon domla va “Ko'kaldosh” madrasasida uzoq yillar samarali xizmat qilgan Abdusalom domla kabi ustoz ulamolarimiz bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat etdilar, ularning oxiratlari obod, joylari jannat bo'lsin!
Mehribon Parvardigorimiz bu qiyin davrda mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o'z hayotini xavf-xatar ostiga qo'yib, jasorat va matonat namunasini ko'rsatgan va vafot etib, shahidlik maqomiga etishgan mazkur ulamolarimizning yotgan joylarini keng, nurli etib, barcha solih amallarini o'zlariga hamroh aylagan bo'lsin! Ilohim O'zi rozi bo'lib, Naim jannatlari bilan siylasin!
O'z faoliyatining ma'no-mazmunini muborak dinimiz, jonajon xalqimizga, ona-Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishda, deb bilgan bu fidoyi insonlarimizdan ulkan va boy ma'naviy meros qoldi... Zikr etilgan aziz insonlar dinimiz ta'limotlarini doimo tarannum etadigan, xalqimizning qalbi va ongi uyg'oq, vatanparvar farzandlari sifatida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning doimiy ishtirokchisi va targ'ibotchisi edilar... Ularning oilalari va yaqinlariga, muxlislariga O'zbekiston musulmonlari idorasi butun xalqimiz, mo'min-musulmonlarimiz nomlaridan ezgu duolarni qilib qoladi...
Bir oddiygina kichik qo'l soatida ham, uyimizdagi televizorda ham, qo'limizdagi telefonimizda ham, eng katta komp'yuterda ham, eng oxirgi rusum avtomobilida ham, bir necha tonnalik samolyotda ham, Yer sayyorasidan ko'tarilib koinotga borib-kelayotgan necha ming tonnalik kosmik kemalarda shunday bir qism, bo'lakchalari bor-ki, u qismlarsiz mazkur “mo''jiza”lar ishlolmay qoladi. Aslini olganda, u bo'lak-qismlar ko'zga ko'rinmaydi ham... Ular e'tiborsiz-u, lekin ularsiz soat va televizor ham, telefon va komp'yuter ham, avtomobil' va samolyot ham, xatto insoniyatni lol qoldirayotgan bahaybat kosmik kemasi ham ishlamasdan qotib qoladi! “Mo''jiza”larning eng kattasi va eng ulug'i bo'lgan Inson organizmida ham mana shunday “qism-bo'laklar” mavjud.
Har bir korxona-tashkilotlarda ham huddi shu kabi “qism-bo'laklar”ni vazifasini ado etadigan odamlar, katta-kichik xodimu xizmatchilari bor!!! Ular o'zlarini hadeb bildiravermaydilar... Lekin o'z ishlarini nihoyatda chiroyli va namunali etib, to'la-to'kis va mukammal qilib, dinu diyonat bilan, halolu pok, insofu vijdon bilan bajaradilar. Shunday insonlarga o'zlarini “ko'rsatish”larini yo (hozir “moda”ga aylanib qolgan) internetga “chiqish”larini taklif etsangiz, hammalaridan yagona javob eshitasiz. O'zlarini tortib, uyalib, chuqur hayojonlanib: “Hudo bilsa, bo'ldi... Bilsa – baliq, bilmasa – Holiq,” – deb qo'yadilar xolos.
Mana shunday insonlar bizning sohamizda son-sanoqsiz darajada ko'p! Lekin ularni mashaqqatli va sermahsul mehnatlarini, beqiyos va olijanob xizmatlarini Yaratganimizdan tashqari, rahbarlarimiz ham, dono xalqimiz ham juda yaxshi biladi!
Bugungi murakkab va sinovli davrda xalqimiz va dinimiz xizmatida bo'lib turgan qadrli va tabarruk ulamolarimiz, muhtaram va hurmatli imom-domlalarimiz, aziz va qimmatli mudarrislarimiz, mushtipar va munis otinoyilarimiz, masjid-madrasalarimiz bebaho va mehnatkash xodimlari hamda sevimli va suyukli talabalarimizga Mehribon Parvardigorimiz Alloh taboraka va taolodan sihat-salomatlik, shodu hurramlik va ikki dunyo saodatini so'raymiz!
Jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, muborak dinimiz rivoji hamda dono xalqimiz salomatligi va farovonligi yo'lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar ato etishini Mehribon Parvardigorimizdan iltijo qilib qolamiz!
El-yurtimiz ravnaqi va dini Islom ma'rifati yo'lida kunni tunga, tunni kunga ulab, o'zining bor kuch-qudrati va aql-zakovatini ayamasdan, sidqidildan, fidoyilarcha, xolisona hamda ulkan mehr ila xizmat qilib kelayotgan sizlardek mo''tabar insonlarni tarbiyalab, voyaga etkazgan OTA-ONALARINGIZGA MING-MING-MING RAHMAT! Barcha ota-onalarga ham Parvardigori olam ana shunday farzand tarbiyalab, kamolga etkazishni nasib aylasin!
Iloho jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, dinimiz kamoli, masjidu-madrasalarimiz obodligi uchun muhtaram Yurtboshimizni dono rahbarliklari ostida hukumatimiz, Diniy idoramiz tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar va tuman rahbarlarining boshchiliklaridagi mehnatkash xalqimiz olib borilayotgan barcha xayrli, yaxshi, savobli ishlarda Alloh taolo O'zi madadkor bo'lsin!
Ilohim o'zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz buyurgan, Janob Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, o'tmishda o'tganlarimizni ro'hlari shod bo'ladigan, xalqimiz xursand bo'ladigan, ota-onalarimiz rozi bo'ladigan yo'llardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon INOMOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
«Jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qarash kimni quvontirsa, Urva ibn Zubayrga qarasin»
Abdulmalik ibn Marvon.
Urva ibn Zubayr hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifaliklaridan bir yil qolganida, musulmon oilalar orasida eng hurmatli va oliy maqom xonadonda tavallud topdi. Otalari Zubayr ibn Avvom (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning fidoiy sahobalaridan, jannat bashorati berilgan o‘nta sahobaning biri edi. Onalari esa Asmo binti Abu Bakr «zun nitoqayn - ikki belbog‘ sohibasi» (Hijrat kuni belbog‘ini ikkiga bo‘lib, biri bilan Rasululloh sollallohu vasalamning yegulik idishlarini, boshqasi bilan suv idishlarini bog‘lagani uchun shunday sharafga erishgan) edi.
Ona tarafdan bobolari Abu Bakr Siddiq (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xalifalari va g‘ordagi hamrohlari bo‘lgan edi. Ota tarafdan momolari Sofiya binti Abdulmuttalib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ammalari va mo‘minlarning onasi Oisha roziyallohu anho u kishining xolasidir. Oisha onamiz (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) vafot etganlarida Urva ibn Zubayr o‘zlari qabrga tushib, lahadga qo‘ygan. Iymon sharafi va Islom izzatidan boshqa, mana shunday nasabdan ko‘ra oliy nasab va shunday sharafdan ko‘ra buyuk sharaf bormikin?
Ka’bai Muazzama oldida akalari va hamrohlari bilan yaxshi orzuga erishishni tanlash xayol qilinganda, Urva ibn Zubayr men Rabbimdan amal qiluvchi olim bo‘lishni orzu qilaman. Mendan odamlar Allohning Kitobini, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini va Islom dini ahkomlarini o‘rgansalar, dedi. Shu qilgan orzusini ro‘yobga chiqarish uchun Urva ibn Zubayr ilm tahsiliga bel bog‘lab, qattiq kirishdi.
Hayot bo‘lgan sahobalarni g‘animat bilib, ularning uylariga qatnab, orqalarida toat-ibodat qilib, ilm majlislarida doimiy ishtirok etdi. U Ali ibn Abu Tolib, Abdurrahmon ibn Avf, Zayd ibn Sobit, Abu Ayyub Ansoriy, Usoma ibn Zayd, Sa’id ibn Zayd, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Abbos va No‘mon ibn Bashir (Alloh u kishilardan rozi bo‘lsin) dan hadislar rivoyat qildi. Aksar ilmini xolasi Oisha roziyallohu anhodan oldi va odamlar ularga din ishlarida suyanadigan, solih hokimlar esa o‘zlari mas’ul bo‘lgan xalqlar va shaharlar masalasida ulardan yordam istaydigan, Madinaning o‘sha davrda ko‘zga ko‘ringan faqihlaridan biri bo‘lib yetishdi.
Buning dalili o‘laroq, Umar ibn Abdulaziz Valid ibn Abdulmalik tarafidan Madinaga voliy etib tayinlanganida, odamlar qutlash uchun uning huzuriga keldilar. Peshin namozini o‘qib bo‘lgach, Madina ulamolaridan o‘n kishini taklif qildi. Taklif qilingan olimlarning peshqadami esa Urva ibn Zubayr edi.
Umar ibn Abdulaziz ulamolarni yaxshi kutib olib, ularga izzat-ikrom ko‘rsatgach, Allohga hamdu sano aytib shunday dedi: «Menga haq ustida yordamchi bo‘ladigan va ajr-savobga ham ega bo‘lib qoladigan bir ish uchun sizlarni taklif qildim. Men har bir ishni sizlarning fikringiz va maslahatingiz bilangina qilmoqchiman. Sizlardan iltimosim shuki, agar biron kimsani boshqa birovga zulm qilayotganini ko‘rsangiz yoki mening xodimlarim haddan oshib, zulmga qo‘l urgani sizlarga yetsa, shuni menga xabar bersangiz!». Bu gaplarni eshitgach, Urva ibn Zubayr uning haqqiga duoi xayrlar qilib, Allohdan unga haqda sobit turishi va rushdi hidoyat tilab qoldi.
Urva ibn Zubayr ilm bilan amalni jamlagan edi. U issiq kunlarda ro‘zador, uzun tunlarda bedor, tili esa doim Allohning zikri bilan mashg‘ul edi. Bunga qo‘shimcha, u Allohning Kitobiga hamroh bo‘lib olgan, Qur’on o‘qishga shunday berilgan ediki, kunduzlari Qur’onning to‘rtdan birini mus'hafga qarab, tunlari shuncha qismini yoddan tilovat qilar, e’tiborli jihati shuki, imkon qadar mana shu odatini u yoshligidan boshlab to vafot topgunga qadar tark qilmagan, faqat bir marta boshiga tushgan musibat sababigina qoldirgan edi.
Urva ibn Zubayr saxovatda ham peshqadam bo‘lib, bag‘rikeng va nihoyatda qo‘li ochiq inson edi. Saxiyligi haqidagi rivoyatlardan biri shuki: «Uning Madinadagi eng katta bog‘lardan hisoblangan bir bog‘i bor edi. Bog‘ning ichi salqin, suvi shirin, xurmo daraxtlari baland va mevalari serhosil edi.
Hayvonlar va yosh bolalar kirib daraxtlarga shikast yetkazmasligi uchun yil davomida bog‘ning atrofini devor bilan o‘rab himoya qilar, qachonki xurmolar ishtahani ochadigan tarzda g‘arq pishganda odamlar bemalol kirib to‘ygunlaricha yeb va xohlaganlaricha olib ketishlari uchun, bog‘ning bir necha tarafidan darcha ochib qo‘yardi. Qachon bog‘iga kirsa Alloh taoloning ushbu so‘zini qayta-qayta o‘qir edi: «Sen bog‘ingga kirganingda: «Alloh xohlagan narsagina (bo‘lur), bor kuch-quvvat yolg‘iz Alloh bilandir», deganingda edi! ...» (Kahf surasi, 39-oyat).
Valid ibn Abdulmalikning xalifalik davrida Alloh taolo Urva ibn Zubayrni iymon va ishonch bilan sug‘orilgan qalb egalarigina chiday oladigan imtihon bilan sinashni hohladi.
Musulmonlar xalifasi Urva ibn Zubayrni Damashqqa kelib, mehmon bo‘lib ketishga taklif qildi. Taklifni qabul qilgan Urva ibn Zubayrga katta o‘g‘li hamroh bo‘ldi. Damashqqa yetib kelishganda xalifa ularni chiroyli kutib oldi, ularga izzat-ikrom ko‘rsatib, hurmatlarini joyiga qo‘ydi. So‘ng ko‘ngillar istamaydigan bir ish bo‘lishini Alloh taolo iroda qildi. Avval Urva ibn Zubayrning o‘g‘li xalifaning zotli otlarini ko‘rish uchun otxonaga kirganida, otlardan birining to‘satdan tepib yuborishi natijasida o‘sha yerda vafot etdi.
Musibatzada ota o‘g‘lini tuproqqa qo‘yishi ketidan, o‘zi ham qorason kasali bilan og‘rib qoldi. Boldiri shishib, og‘riq ham kundan-kun kuchaya bordi. Xalifa har taraflardan tabiblar chaqirib, aziz mehmonini davolashi uchun, turli vositalar bilan ularni rag‘batlantirdi. Lekin barcha tabiblar: «Kasallik jasadning hammasiga tarqab, halokatga olib bormasidan avval, oyoqni kesish kerak», degan yakdil xulosa bildirdilar. Bunga ko‘nishdan boshqa chora yo‘q edi.
Jarroh kelib oyoqni kesish uchun anjomlarini hozirlab, oyoqni kesguniga qadar Urva ibn Zubayr takbir va tahlil aytishdan to‘xtamadi va nihoyat oyoq jasaddan ajraldi. Qonni to‘xtatish va gazak olmay yara tez bitishi uchun qizdirib turilgan yog‘ga botirilganda Urva hushidan ketib, uzoq vaqt behush bo‘lib yotdi. Ana shundagina yuqorida aytganimiz, Qur’oni Karimdan o‘qiydigan kundalik odatini o‘qiy olmadi. Yoshligidan boshlagan bu xayrli odatini, mana shunda bir martagina tark qildi.
Urva ibn Zubayr Madinaga qaytib, oilasi huzuriga kirganida ularga: «Ey ahlim qayg‘urmanglar, Alloh taolo bizga to‘rt farzand bergan edi, bittasini olib, uchtasini o‘zimizda qoldirdi. Allohga hamd bo‘lsin. Menga ikki qo‘l va ikki oyoq bergan edi, bittasini olib uchtasini o‘zimda qoldirdi. Allohga hamd bo‘lsin. Alloh mendan ozini olib, ko‘pini o‘zimda qoldirdi. Bir marta balolagan bo‘lsa, ko‘p marta ofiyat berdi», deb ularga tasalli berdi.
Madina ahli o‘z imomlari va olimlari Urva ibn Zubayrning qaytganlarini bilgach, u zotga ta’ziya bildirish va hol-ahvol so‘rash uchun har tarafdan kela boshladilar. Ta’ziya bildirganlar ichida eng chiroyli va ta’sirli so‘z Ibrohim ibn Muhammad ibn Talhaning so‘zi bo‘ldi: «Xursand bo‘ling, ey Abu Abdulloh, a’zolaringiz va farzandlaringizdan biri, sizdan avval jannatga ketdi. Alloh xohlasa barchangiz bir-birlaringizga ergashasiz. Alloh taolo bizlarga biz muhtoj bo‘lgan, sizning ilmingiz va fikringizni qoldirdi. Alloh taolo ilmingizni sizga ham bizga ham manfaatli qilsin. Alloh ajru-savob beruvchi va go‘zal hisob qiluvchi Zotdir».
Urva ibn Zubayr butun hayoti mobaynida musulmonlar uchun hidoyat nuri, najotga yo‘llaguvchi va yaxshiliklarga chorlovchi bo‘lib qoldi. Eng katta ahamiyatni bolalarga, xususan, o‘zining farzandlari, shu bilan birga boshqa musulmonlarning farzandlari tarbiyasiga qaratib, hech bir fursatni qo‘ymay, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llab, nasihatlar qilib turardi.
Urva ibn Zubayr yetmish bir yil yaxshilik va ezguliklarga to‘la, taqvo bilan burkangan umr kechirdi.