Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyun, 2025   |   16 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyun, 2025, 16 Zulhijja, 1446

2. BAQARA SURASI, 234–237 OYaTLAR

29.12.2020   6840   11 min.
2. BAQARA SURASI, 234–237 OYaTLAR

وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوۡنَ مِنكُمۡ وَيَذَرُونَ أَزۡوَٰجٗا يَتَرَبَّصۡنَ بِأَنفُسِهِنَّ أَرۡبَعَةَ أَشۡهُرٖ وَعَشۡرٗاۖ فَإِذَا بَلَغۡنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ فِيمَا فَعَلۡنَ فِيٓ أَنفُسِهِنَّ بِٱلۡمَعۡرُوفِۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِيرٞ٢٣٤

234. Sizlardan vafot etib, juftlarini qoldirganlaringizning xotinlari to'rt oyu o'n kun o'zlarini intizorda saqlashadi. Muhlatlari tugagach, o'zlari borasidagi qiladigan yaxshi ishlarida sizlarga gunoh yo'qdir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.

Bundan ilgari kelgan oyatlarda taloq qilingan xotinga uch hayz muddatida intizor o'tirish (idda) hukm bo'lgan edi. Endi vafot etgan kishining qolgan xotini to'rt oyu o'n kun o'zini intizorda saqlashi aytilmoqda. Agar bu muddat ichida xotinning homilador emasligi aniq bo'lsa, iddasi tugaganidan keyin boshqa kishi bilan nikohlana oladi, agar bolasi borligi ma'lum bo'lsa, u tug'ilgunicha kutadi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo bunday deganlar: "Eri vafot etgan ayol to'rt oyu o'n kun idda saqlaydi" degan oyat "Eri o'lgan xotin bir yil erining uyidan chiqmay o'tiradi" oyatini bekor qildi". Ato roziyallohu anhu bunday degan: "Hotin, agar xohlasa, marhum eri uyida uning vasiyatiga binoan idda saqlaydi, xohlamasa, chiqib ketaveradi" degan oyatni Alloh taoloning: "Ular o'zlaricha qilgan ishlarda sizlarga gunoh yo'q" degan so'zi quvvatlaydi. Keyin meros haqida oyat nozil bo'lib, xotinning marhum er uyida idda saqlashining vojibligini bekor qildi, endi u o'zi istagan joyda idda saqlaydigan bo'ldi" (Buxoriy rivoyati).

وَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ فِيمَا عَرَّضۡتُم بِهِۦ مِنۡ خِطۡبَةِ ٱلنِّسَآءِ أَوۡ أَكۡنَنتُمۡ فِيٓ أَنفُسِكُمۡۚ عَلِمَ ٱللَّهُ أَنَّكُمۡ سَتَذۡكُرُونَهُنَّ وَلَٰكِن لَّا تُوَاعِدُوهُنَّ سِرًّا إِلَّآ أَن تَقُولُواْ قَوۡلٗا مَّعۡرُوفٗاۚ وَلَا تَعۡزِمُواْ عُقۡدَةَ ٱلنِّكَاحِ حَتَّىٰ يَبۡلُغَ ٱلۡكِتَٰبُ أَجَلَهُۥۚ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا فِيٓ أَنفُسِكُمۡ فَٱحۡذَرُوهُۚ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمٞ٢٣٥

235. Uayollargaishorabilansovchilikqilishlaringyokibunidilingizdasaqlashlaringninggunohiyo'q. Allohularhaqidao'ylashlaringnibiladi. Lekinularbilanyashirinchava'dalashmanglar. Yaxshigaplaraytsangiz, mayli. Iddalaritugamagunichanikohbog'lashgaqasdqilmanglar. Anglabolinglarki, Allohdillaringizdagilarnibiladi. Undanehtiyotbo'linglar, Allohkechiruvchivahalimdir.

Oyatdagi "aknantum" so'zi "ko'nglingizga tugdingiz, dilingizda saqladingiz" kabi ma'nolarda bo'lib, berkitilgan, o'zgalardan yashirilgan har bir narsani anglatadi. Bu oyati karimaga ko'ra, iddadagi xotinning intizor muddati tugamagunicha bir kishi nikohiga ololmaydi, uning ochiq va'dasiga ko'z tutolmaydi, nikohsiz qo'shilsa gunohga botadi. Lekin dilida "shu xotinning iddasi tugasa, unga uylanaman" deb niyat qilsa yoki bu maqsadini ayolga ishoralar bilan (masalan, "men bir xotin axtarib yuruvdim" deyish) bildirsa, hechqisi yo'q. Bundan ortiq so'zlashish shariatda man etilgan. Alloh taolo dillaringizdagi hamma narsani bilib turadi, Uning amrlaridan chekinishdan ehtiyot bo'linglar. Alloh taolo gunohlaringizni kechiruvchi, halim Zotdir. Ibn Abbos oyatdagi: "fima arroztuhum bihi min xitbatin-nisai" jumlasi haqida bunday deganlar: "Masalan, "men uylanmoqchiman, dilimda biror soliha ayolning o'zimga muyassar bo'lishini istayman", deydi". Qosim esa: "Biror ayolga uylanishni diliga tugib qo'ygan kishi o'sha ayolga: "Sen menga ardoqlisan, ko'nglimdagi ayolsan, Alloh taolo senga yaxshilikni ravo ko'rsin" kabi so'zlarni aytishi mumkin", deganlar. Ato bunday deydi: "Ishora bilan ma'lum qiladi, oshkora aytmaydi. "Men bir xotin olish niyatidaman, Allohga shukr, sen hamma orzu qiladigan ayolsan!" deydi, ayol ham erkak qay yo'sinda gap qilgan bo'lsa, shunday gap qiladi, zarracha ortiqcha gapirmaydi. Ayolning valiyi undan yashirincha birovga va'da bermaydi. Ayol agar iddada o'tirgan vaqtida biror kishi bilan va'dalashgan bo'lsayu, keyin u uni o'z nikohiga olgan bo'lsa, ularni ajratib bo'lmaydi". Hasan bunday deydi: "La tuva'iduhunna sirron" (ular bilan yashirincha va'dalashmanglar) oyati zamirida zino mavjuddir". Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: "Al-kitabu ajalah" – iddasi tugagunicha" demakdir" (Buxoriy rivoyati).

لَّا جُنَاحَ عَلَيۡكُمۡ إِن طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ مَا لَمۡ تَمَسُّوهُنَّ أَوۡ تَفۡرِضُواْ لَهُنَّ فَرِيضَةٗۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى ٱلۡمُوسِعِ قَدَرُهُۥ وَعَلَى ٱلۡمُقۡتِرِ قَدَرُهُۥ مَتَٰعَۢا بِٱلۡمَعۡرُوفِۖ حَقًّا عَلَى ٱلۡمُحۡسِنِينَ٢٣٦

236. Teginmayyobirormahrinianiqqilmayturibxotinlaringiznitaloqqilishingizninggunohiyo'q. Boylaringizqodirligigaqarab, yo'qlaringizqo'lidankelganicha, ularnimanfaatlantiringlar. Buyaxshilikqiluvchilarburchidir.

Agar nikoh vaqtida mahr zikr qilinmay, mahrsiz nikoh bo'lib qolsa, hechqisi yo'q, mahr keyin aytilsa ham bo'laveradi. Lekin shu holatda er xotini bilan yaqinlashmay turib, talog'ini bersa, erga hech qanday mahr lozim bo'lmaydi. Shunga qaramay, erning o'z holatiga qarab xotinga uch sidra kiyim, ko'ylak, ro'mol kabi narsalarni xursandchilik bilan berishi lozimdir. Hotinga qo'shilmay turib uning javobini berish gunoh bo'lmaydi. Alloh taoloning bunday ogohlantirishi bor: "EyPayg'ambar, sizlar (mo'minlar) xotinlaringiznitaloqqilsangizlar, ularningiddalaridataloqqilingvaiddanisanang. ParvardigoringizAllohdanqo'rqinglar. (Iddatugaguncha) ularni (yashabturgan) uylaridanhaydabchiqarmangizvaularhamo'zlarichachiqibketishmasin... BuAllohningchegaralaridir, kimAllohchegaralaridantajovuzqilibo'tsa, demak, uo'zjonigazulmqilibdi" (Taloq, 1).

وَإِن طَلَّقۡتُمُوهُنَّ مِن قَبۡلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ وَقَدۡ فَرَضۡتُمۡ لَهُنَّ فَرِيضَةٗ فَنِصۡفُ مَا فَرَضۡتُمۡ إِلَّآ أَن يَعۡفُونَ أَوۡ يَعۡفُوَاْ ٱلَّذِي بِيَدِهِۦ عُقۡدَةُ ٱلنِّكَاحِۚ وَأَن تَعۡفُوٓاْ أَقۡرَبُ لِلتَّقۡوَىٰۚ وَلَا تَنسَوُاْ ٱلۡفَضۡلَ بَيۡنَكُمۡۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعۡمَلُونَ بَصِيرٌ٢٣٧

237. Agar mahrini belgilab qo'ygan holda teginmay turib ularni taloq qilsanglar, belgilanganining yarmini berasizlar. Lekin ayol va nikoh bitimi qo'lida bo'lgan kishi mahrni kechib yuborsa, bermaysizlar. Kechib yuborishingiz taqvoga yaqindir. O'zaro bir-biringizga yaxshilik qilishni unutmanglar, Alloh nima qilayotganlaringni ko'rib turadi.

Agar nikoh vaqtida mahr belgilanib, keyin er teginmay turib xotinini taloq qilsa, ana shu belgilangan mahrning yarmini beradi. Agar xotin yo er afv etishsa, bu holda uni bermasa ham bo'ladi. Hotinning afvi shuki, o'sha sobit bo'lgan haqning yarmini ham olmaydi. Erning afvi shuki, xotiniga belgilangan mahrning hammasini beradi yoki oldin mahrini to'la bergan bo'lsa, yarmini qaytarib ham olmaydi. Erning afv etishi taqvoga yaqindir, chunki Alloh taolo nikoh aqdi (tuguni)ni unga topshirgan, nikohni buzmaslik, uni asrash uning qo'lidadir.

Tafsiri irfon
Boshqa maqolalar

Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

04.06.2025   14087   1 min.
Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

1. Duo qilish. Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir.

Solihlardan biri aytadi: "Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi yorishgan tong kabi amalga oshganini ko‘rdim".

O‘tgan solihlar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan qancha orzu-umidlar va duolar arafa kunida ijobat qilingan.


2. Ushbu duoni ko‘p qilish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.


3. Allohdan do‘zaxdan panoh so‘rash. Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!”.


4. Takbiri tashriq aytish. Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.


5. Ro‘za tutish. Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo sizni bu kunning fazilatlaridan to‘liq bahramand etsin.

 

Davron NURMUHAMMAD