وَإِذَا طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغۡنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمۡسِكُوهُنَّ بِمَعۡرُوفٍ أَوۡ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعۡرُوفٖۚ وَلَا تُمۡسِكُوهُنَّ ضِرَارٗا لِّتَعۡتَدُواْۚ وَمَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ فَقَدۡ ظَلَمَ نَفۡسَهُۥۚ وَلَا تَتَّخِذُوٓاْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ هُزُوٗاۚ وَٱذۡكُرُواْ نِعۡمَتَ ٱللَّهِ عَلَيۡكُمۡ وَمَآ أَنزَلَ عَلَيۡكُم مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ وَٱلۡحِكۡمَةِ يَعِظُكُم بِهِۦۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٞ٢٣١
231. Hotinlaringiznitaloqqilganingizdaiddalaritugasa, ularniyaxshilikbilanushlabqolinglaryokiyaxshilikchajavobiniberinglar. Ulargazulmbilanzararetkazishniyatidaushlabqolmanglar. Kimshundayqilsa, o'zigazulmqilganbo'ladi. Allohningoyatlarinihazilsanamanglar. Allohningsizlargaberganne'matini, nasihatuchuntushirganKitobinivahikmatiniyoddatutinglar. Allohdanqo'rqinglarvabilinglarki, Allohalbattahammanarsanibiluvchidir!
Ya'ni, erlar xotinlarini taloq qilishganida idda muddati tugagach, yana uni qaytarib olishi yoki yaxshilikcha, mahrini berib, javobini berishlari kerak. Islomning ilk davrida ba'zi johil kimsalar xotinlariga mahrini qaytarmaslik uchun u bilan yashashmas, ammo javobini ham berishmas edi. Bunday holat ayollarga nisbatan zulmdir, Allohning amrlariga qarshi chiqishdir. Kim Alloh chegaralarini buzguday bo'lsa, o'z joniga jabr qilgan bo'ladi. Alloh taolo bunday degan: "Eymo'minlar, sizlarmo'minalarninikohingizgaolsangizu, so'ngraularga "teginish"danoldinularnitaloqqilsangiz, uholdasizlaruchunularningzimmasidasanaydiganiddayo'qdir. Sizlarularni (ozginamoddiy) bahramandetib, chiroylikuzatishbilankuzatingiz" (Ahzob, 49).
Musulmon er iloji boricha taloq qilmaslik ruhida tarbiya topgan bo'ladi, chunki Islom shariatida taloqqa eng noxush narsa sifatida qaraladi. Taloq qilishdan Allohning arshi larzaga keladi, degan tushunchaga ega musulmon er o'zining bu huquqini eng oxirgi chora sifatidagina qo'llaydi. Chunki hadisi sharifda: «Alloh azza va jalla eng yomon ko'rgan halol – taloqdir», deyilgan. Shuning uchun ayollar iloji boricha erlaridan taloq talab qilmasliklari kerak. Erlar ham o'zlarini bu so'zni aytishdan saqlashlari lozim. Oilaning mustahkamligini ta'minlash maqsadida shariatda taloq qilishdan boshqa iloji qolmaganida ham bu ishni birdan sodir etmasdan, odoblarni yo'lga qo'yish tavsiya etilgan. Bu tavsiyada ham shoyad er o'ylab ko'rib, taloq qilish fikridan qaytsa, degan hikmat yotadi.
وَإِذَا طَلَّقۡتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغۡنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا تَعۡضُلُوهُنَّ أَن يَنكِحۡنَ أَزۡوَٰجَهُنَّ إِذَا تَرَٰضَوۡاْ بَيۡنَهُم بِٱلۡمَعۡرُوفِۗ ذَٰلِكَ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ مِنكُمۡ يُؤۡمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِۗ ذَٰلِكُمۡ أَزۡكَىٰ لَكُمۡ وَأَطۡهَرُۚ وَٱللَّهُ يَعۡلَمُ وَأَنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ٢٣٢
232. Hotinlaringiznitaloqqilganingizdaularningiddalaritugasa, shariatgamuvofiqo'zarokelishishganbo'lsa, erlarigaqaytanikohlanishdanto'smanglar. BunasihatAllohgavaqiyomatkunigaimonkeltirganlargadir. Busizlargasafoliroq, poklikroqdirvaAllohbilganinisizlarbilmassizlar!
Ya'ni, er xotinini taloq qilsayu iddalari tugagach shariatga muvofiq yana qayta nikohlanishga qaror qilishsa, bundan ularni qaytarmaslik lozim. Bu narsa juvonni ham, bokirani ham nazarda tutadi. Allohga va qiyomat kuniga imon keltirganlar ushbu nasihatga amal qilsinlar. Hasan roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Ma'qal ibn Yasorning singlisi bir kishiga erga tekkan edi, eri uni taloq qildi. Keyin to iddasi tugagunicha uni tashlab qo'yib, yana o'ziga xotinlikka so'radi. Shunda Ma'qal bunga qarshilik qilib: "Uni iddasi tugamasidan oldin qaytarib olish imkoniga ega bo'laturib o'z holiga tashlab qo'ydi, endi uni yana xotinlikka so'ratadimi?!" deb kuyovi va singlisining yarashib ketishiga to'sqinlik qildi. Shu asnoda Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuqoridagi: "Hotinlaringiznitaloqqilganingizdaularningiddalaritugasa, shariatgamuvofiqo'zarokelishishganbo'lsa, erlarigaqaytanikohlanishdanto'smanglar. BunasihatAllohgavaqiyomatkunigaimonkeltirganlargadir. Busizlargasafoliroq, poklikroqdirvaAllohbilganinisizlarbilmassizlar!" oyati karimasini nozil qildi. Payg'ambar alayhissalom Ma'qalni chaqirib, unga mazkur oyatni qiroat qilib berdilar. Ma'qal kuyovi bilan singlisiga to'sqinlik qilishni bas qilib, Alloh taoloning amriga bo'ysundi" (Buxoriy rivoyati). Nofe' roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Umar ibn Hattobning (roziyallohu anhu) o'g'li xotinini hayz paytida bir taloq qildi. Rasululloh alayhissalom unga xotinini qaytarib olishni, hayzdan poklanib, yana hayz ko'rgach qayta poklangunicha uyida ushlab turishni, keyin agar istasa, hayzdan poklangan vaqtida unga yaqinlik qilmay turib talog'ini berishni buyurdilar". Ayollarni taloq qilishda rioya etilishi lozim bo'lgan, Alloh taolo buyurgan idda (muddat) mana shudir. Agar o'zlaridan so'rashsa, Abdulloh: "Agar uch taloq qilgan bo'lsang, xotining to boshqa erga tegib chiqmagunicha senga harom", der edilar. Ibn Umar: "Agar bir yoki ikki bora taloq qilgan bo'lsang, hazrati Rasululloh bunday holda nima qilishni menga buyurgandilar", deydilar" (Buxoriy rivoyati).
#Mustaqillikning 35 yilligi
Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yi yaqinlashib, joylarda bayram shukuhi keza boshladi. Bundan dilda shukronalik hissi ortmoqda.
Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlab, bunday deganlar: “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydi. Ular xotirjamlik va sihat-salomatlik” (Imom Buxoriy rivoyati).
Demak, tinchlik va xotirjamlik Alloh ta’oloning behisob bo‘lgan buyuk ilohiy ne’matlaridan. Shunday ekan, tinchlikning qadriga yetib, uning shukrini ado etish insonning burchlaridandir. Zero, hayotning bir maromda davom etishi, Haq taolo buyurgan ishlar xotirjam ado etilishi uchun ham osoyishtalik lozim bo‘ladi. Alloh taolo ham: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” deya buyuradi (Baqara surasi, 208-oyat). Tinchlik, salimlik mavzusi o‘ta muhim bo‘lgani bois Qur’oni karim oyatlaridan o‘rin olgan. Zotan, arab tilidagi “salm”, “silm”, “salom”, va “islom” so‘zlari bir o‘zakdan chiqqan, turli ma’nodagi so‘zlar bo‘lsada, aynan bir maqsadga yo‘naltirilgandir.
Bandaga berilgan ne’matlarning qadriga yetishda va uni asrashda, bizga payg‘amlarlarning otasi bo‘lgan, Ibrohim alayhissalom o‘rnak bo‘lib kelgan. U zot o‘z davrida Makkaga tinchlik, uning ahliga rizq so‘ragani so‘zimizning yorqin misolidir: “Ibrohim: “Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin” dedi” (Baqara surasi,126-oyat).
Alloh taolo bu orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni o‘tgan payg‘ambarlar hayotidan xabardor qilish barobarida, ular so‘ragan narsalarni ham bildirib, shunga chaqirgan.
Bu ne’atlar bardavom bo‘lishi uchun ham insondan shukr va qadrlash talab etiladi. Tinchlik hukm surib turgan joyga yana tinchlik so‘rab duo qilish esa, muqaddas dinimiz buyuradigan ishlardan. Shunday ekan, inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zi yashab turgan, Alloh ne’mat qilib bergan Vatani, uning zilol suvlari, havosi, nozi ne’matlari va boshqa barcha sharoitlariga shukr qilib, uni ziyoda bo‘lishini so‘rab duo qilishi lozim.
Bugun dunyoda tinchligi, xotirjamligini yo‘qotganlar qancha. Bularni ko‘rib, eshitib turganlar ibrat olib, xulosalar chiqarib, o‘zlari uchun in’om qilingan tinchlik va xotirjamlikni qadrlab, asrab avaylashi lozim.
Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, xotirjamlikni saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj, hamlalardan, fitna va bo‘htonlardan himoya qilish, g‘arzli va manfur kimsalarning makrlariga uchmasdan, yosh avlodni ham ulardan xabardor qilib, islom ta’limotining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish har birimizning burchimizdir. Bu xususida Alloh taolo bunday degan: “Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir” (Moida surasi, 2-oyat).
Xulosa qiladigan bo‘lsak, dinimizning tinchlik va xotirjamlikka bo‘lgan e’tibori nechog‘lik katta, hamda bag‘rikenglik uning negizi ekani yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson o‘zidagi ne’matning qadrini uning ustida mulohaza yuritish, shu ne’matdan o‘zgalar ham bahramand yoki bebahra ekanini o‘ylab ko‘rish bilan biladi. Bu esa Allohga yanada ko‘proq shukr qilishga undaydi.
Ne’matning bardavom bo‘lishi, uning shukri ado etilishiga ham bog‘liq. Yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ushbu ikki ulug‘ ne’matning mustahkamligini so‘rab duo qilishlari shundan. Alloh taolo yurtimiz tinchligi va xotirjamligini barqaror, bardavom, xalqimiz hayotini bundan-da farovon qilsin.
Isomiddin AHROROV