— Folbinga borgan odamning nikohi bekor bo'ladi-mi?
— Ibn Obidin rahimahulloh: “Kim: “Men o'g'irlangan narsalarni bilaman va jin menga xabar bergan narsalarning xabarini beraman” desa, kofir bo'ladi”, degan. (Roddul muxtor). Bularning qatoriga g'aybdan bashorat beruvchi munajjim va kaft, tosh va boshqa narsalarga qarab fol ochuvchilar ham kiradi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi hamda Respublika qon quyish markazi hamkorligida O‘zbekiston musulmonlari idorasida ko‘chma qon yig‘ish xayriya tadbiri tashkil etildi.
“Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida o‘tkazilayotgan beg‘araz donorlik aksiyasida Diniy idora xodimlari faol ishtirok etib, qonga muhtoj va bemor bolajonlar salomatligi yo‘lida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdi. Xalqimizga xos mehr-muruvvat va saxovat ramzi bo‘lgan ushbu tadbir jamiyatda insonparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Maxmudova boshchiligidagi partiya faollari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga Idora xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, boy kitob fondiga ega kutubxona hamda ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar tayyorlanadigan zamonaviy media studiya faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda ma’naviyat, ma’rifat, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash va aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Partiya rahbariyati insonparvarlik aksiyasini yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan va unda faol ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati