Rossiya islom universiteti Rossiya markaziy musulmonlar diniy idorasi va Islom madaniyati, fan va ta'limini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ko'magida “Yevrosiyo makonida Islom ta'limini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro anjuman o'tkazdi. Unda Rossiya Federatsiyasi, O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston va Belorussiya diniy idoralari, islom tashkilotlari qatnashdi.
Davra suhbatida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon Inomov onlayn tarzda ishtirok etib, “Musulmon jamiyatida diniy ta'lim muassasalarining o'rni “O'zbekiston misolida)” mavzuidagi ma'ruza bilan qatnashdi.
Tadbirda Yevrosiyo uyushmasi Islom ta'limini targ'ib qilish, Islom ta'limining zamonaviy tizimini qurish imkoniyati vujudga kelgani ta'kidlandi. Ushbu ta'lim musulmonlarning diniy idoralari, Islom ma'naviy ma'rifiy tashkilotlari, mavzuli va ixtisoslashgan davlat muassasalari o'rtasida ikki va ko'p tomonlama aloqalar mustahkamlashga xizmat qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilgi “Haj – 2025” ibodatiga tayyorgarlik ishlari doirasida Samarqand shahrida uchrashuv tashkil etildi. Unda Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridan tayinlangan guruh rahbarlari ishtirok etdi.
O‘quv-seminarda haj tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish, ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tartib-intizom va xavfsizlik masalalari yuzasidan muhim ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, guruh rahbarlariga haj marosimlari davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy va ma’rifiy ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Uchrashuv mas’ul tashkilotchilar va haj safariga tayyorlanayotgan rahbarlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati