2020 yil 23 noyabr' kuni Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam avlodi, shariat fanlari nomzodi, Makkadagi Juma masjidlaridan birining imomi Shayx Muhammad Al-Aydarus vafot etdi.
Atoqli ilohiyotchi o'z hayoti va faoliyatini dinimizga xizmat qilishga bag'ishladi. U kishi umrining ko'p qismini dindoshlarimizni o'qitish, ularga ma'rifat ulashishga sarfladi va ajoyib voiz va samimiy musulmon sifatida butun dunyoda mashhur.
Islam.ru ma'lumotiga ko'ra, Muhammad Al-Aydarusga Makkadagi Al-Haram masjidida bomdoddan so'ng janoza namozi o'qilib, Al-Mualla qabristoniga dafn etilgan.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.
Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!
«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi