Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2026   |   23 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:30
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2026, 23 Ramazon, 1447

Qozog'istonda Imom Moturidiyning ”Tavhid kitobi” nashr etildi

25.11.2020   1986   5 min.
Qozog'istonda Imom Moturidiyning ”Tavhid kitobi” nashr etildi

Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi va Turkiya Respublikasi diniy boshqarmasining o'zaro hamkorligi natijasi sifatida yuza kelgan ushbu kitob Markaziy Osiyo tarixida birinchi marotaba tarjima qilinib, nashr etildi.

Qozog'iston musulmonlari diniy idorasida bo'lib o'tgan taqdimot marosimida diniy idora rahbarlari, ulamolar, Turkiyaning Qozog'istondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ufuq Ekiji, uning din ishlari bo'yicha maslahatchisi G'olib Akinlar ishtirok etdi. 

“Ushbu kitob turkiy davlatlar musulmonlari tsivilizatsiyasi va ma'naviy bilimlarining shakllanishi tarixidagi eng muhim manbalardan biridir. Kitobda musulmonlar mafkurasining asosiy xususiyatlari aks etgan.  Shuni ta'kidlash kerakki, “Tavhid kitobi” arab va turk tilidagi nusxalaridan  birinchi marotaba qozoq tiliga tarjima qilindi”, degan bosh muftiy Nauruzbay hoji Taganuli.

Turkiya elchisi Ufuk Ekiji imom al-Moturidiy Markaziy Osiyoda tug'ilganligi va Islom ta'limotiga katta hissa qo'shganligini aytib, ushbu qimmatli kitob Qozog'iston diniy rahbarlari uchun foydali bo'lishiga umid bildirdi. 

Imom Moturidiy o'z davrining islomiy ilmlari sohasida eng etuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo'r ehtirom bilan tilga olinadi.

Al-Moturidiyni ulug'lab «Imom al-Huda» va «Imom al-mutakallimin» (Hidoyat yo'li imomi va mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham ataganlar.

Ma'lumot uchun: Abu Mansur al-Moturidiy sunniy e'tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo'lmish Moturidiya oqimining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida ma'lumotlar juda oz. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog'idan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) bo'lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki ta'limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o'sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo'lgan Samarqandda davom ettiradi.

Abu Mansur al-Moturidiy tug'ilgan yili haqida aniq ma'lumotlar yo'q. U Samarqandda 944—945 yilda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga dafn etilgan.

Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib o'z bilimini oshirgan. Shu vaqt davomida ko'plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda bo'lgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. «Kitobi Tavhid», «Kitobi Maqomot», «Kitab rad avomil lil adila lil ka'biy» («Ka'biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag'ishlangan kitob»), «Kitob bayon va hum ul-mu'tazila» («Mu'tazila g'avg'olari va undan qo'rqmaslik haqidagi kitob bayoni»), «Kitob Ta'vilot al-Qur'on» («Qur'on ta'vili kitobi»).

Abu Mansur al-Moturidiyning ko'p asarlari bizgacha etib kelmagan, etib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo'lyozma fondlarida saqlanadi.

Al-Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan «Kitob Tavhid» — asari bizning davrimizga etib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Hulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

11.03.2026   4933   1 min.
Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga amaliy yechimlar berilmoqda.

 

Jumladan, bugun, 11 mart kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi qabulni o‘tkazib, ta’lim, oilaviy masalalar va moddiy yordam so‘rab kelgan fuqarolar bilan samimiy suhbatlashdi.

 

Murojaatchilarning oilaviy munosabatlarda kelganlariga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.


Bu ezgu an’ana nafaqat markaziy idorada, balki yurtimizdagi barcha jome masjidlarda ham har chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan muntazam davom ettirilmoqda. Zero, insonlar og‘irini yengil qilish – asosiy maqsadimiz. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari