Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Diniy idora vakillari imom-domlalar bilan uchrashdi

07.02.2024   1402   1 min.
Diniy idora vakillari imom-domlalar bilan uchrashdi

Shu yil 6 fevral' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ul vakillari xizmat safari davomida Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyotida diniy soha xodimlari bilan uchrash o'tkazishdi.

Yig'ilish davomida mutasaddi vakillar yurtimizda diniy sohada bo'layotgan so'nggi yangiliklar, o'tgan yili amalga oshirilgan xayrli ishlar, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar, bu yil reja qilingan ishlar borasida so'z yuritildi.

Muloqot davomida ishtirokchilarning sohani rivojlantirishga oid takliflarini tinglanash barobarida ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Tashrif davomida Nukus shahrida yangidan qurilayotgan masjid qurilishi bilan yaqindan tanishib, uning qurilishiga hissa qo'shayotganlar haqqiga xayrli duolar qilindi.  

Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   11787   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari