Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447

Ilm-ma'rifat farovon hayot garovidir

17.11.2020   2545   5 min.
Ilm-ma'rifat farovon hayot garovidir

Ilmsizlik va jaholat jamiyatimizning eng katta dushmani, ayni paytda jamiyat uchun katta ofatdir. Islom dini ilm-marifatga targ'ib etib, olamni nurga to'ldirishidan oldingi davrni bejizga johiliyat davri deb atalmagan. Yillab davom etadigan urushlar, qon to'kishlar, boy-badavlat kishilar tomonidan faqiru muhtojlarning mudom ezilishi, sudxo'rlik, zinokorlik, haromxo'rlikning avjiga chiqishi, budparastlik, otashparastlikning muqaddaslashtirilishi ayni johiliyat davrining eng ko'zga ko'ringan jihatlari edi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ana shunday hayot kechirayotgan kishilarni ilmu ma'rifat bilan  bir ota-onadan tug'ilgan birodarlardek ahil va inoq kishilarga aylanishlariga sabab bo'ldilar. Natijada, ilm-fan va madaniyatda butun dunyoga o'rnak va ustoz bo'ladigan avlodlar etishib chiqdi. Hususan, Movarounnahrdan etishib chiqqan ilm-fanning barcha sohasida peshqadam bo'lgan ulug' allomalar hozirgi zamon avlodlari bo'lmish – bizlarning faxru iftixorimiz sanaladilar.

Ming afsuslar bo'lsinki, hozirgi kunimizda ham ilm-marifatni qo'yib, jaholat yo'lini tutgan kimsalar ham yo'q emas. Ma'rifat dini bo'lmish Islom dinidan g'arazli maqsadlar yo'lida foydalanayotgan kuchlar ilmsiz yoshlarni yo'ldan urib, jaholat girdobiga tortayotgani sir emas. Minglab yoshlar turli oqimlarning ta'siriga tushib, ana shunday jaholat qurboniga aylangani ham barchaga ma'lum. Shuning uchun yoshlarni ilm olishga undash, kitob o'qishga targ'ib etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. 

Ma'lumki, jaholat va johillikning davosi – bir qancha bo'lib, ulardan eng asosiysi kitob o'qishdir. Darhaqiqat, kitob o'qish qalb chigalliklarini yozadi, ko'ngilga huzur bag'ishlaydi, jaholatga barham beradi, turli-tuman vasvasalarni kishi ongidan quvib chiqaradi. Kitob hayotning qorong'u yo'llarini yoritib boruvchi chiroqdir! Ko'p kitob o'qiydigan inson hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishadi. Dunyoda ham, oxiratda ham insonga ilmdan ko'ra ko'proq foyda keltiradigan narsa yo'q! Shuningdek, jaholatdan ko'ra zararliroq narsa ham yo'q!

Mashhur sahoba hazrati Ali karramallohu vajhahu: “Insonlarning eng qadri ozi – ilmi ozidir” deganlar.

Ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Insonlar ilm orqali Parvardigorlarini taniydilar. Dunyo va oxiratlarini ilm bilan obod qiladilar.

Shafiq Al-Balxiy aytadilar: Biz odatda masjiddan chiqib, bir erga to'planib, gaplashib utirar edik. Ammo, Abdulloh Ibn Muborak biz bilan masjiddan chiqsada, suhbatimizga qo'shilmay ketar edi. Biz undan: “Nima uchun namoz o'qib bo'lganimizdan so'ng biz bilan birga o'tirmaysiz?”, – deb so'radik. U kishi: “Sahobalar va tobeinlar bilan birga o'tirishga ketaman”, – dedilar. Bizhayron bo'ldik, ular vafot etib ketishgan bo'lsa, qanday qilib ular bilan utiradi? hayron bo'lib “Sahobalar qayerda ekan?”, – deb, yana so'radik. Shunda u zot: “Kitob o'qiyman, shunda ular haqida, qilgan ishlari haqida bilib olaman. Sizlar bilan o'tirib nima qilaman? Sizlar bekorchilikdan odamlarni g'iybatini qilib o'tirasizlar”, – deb  javob berdilar”.

Hasan Al-Lu'luiy aytadilar: “Qirq yildirki, turganimda ham, uxlaganimda ham ko'ksimdan kitob tushgan emas”.

Buyuk ajdodimiz Amir Temur ham: “Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu-donishning asosidir. Hayotni o'rgatuvchi murabbiydir”, deganlar.

Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud As-Sijistoniy kiyim tiktirganlarida engiga kitob solish uchun keng qilib tiktirar ekanlar. U kishi ko'p kitob o'qishni yaxshi ko'rar edilar. Qayerga bormasinlar, albatta o'zlari bilan birga  kitoblarini olib yurar, bo'sh vaqt topildi deguncha englaridan kitoblarini olib o'qir ekanlar.

Abul Faraj Ibn Javziy kitob mutolaasiga bo'lgan muhabbati haqida shunday yozadi: “Men o'z holim haqida aytadigan bo'lsam, kitob mutolaasidan hech to'ymaganman. Agar o'zim o'qib ko'rmagan biror kitobni ko'rib qolsam, go'yo xazinaning ichiga tushgandek bo'lib qolardim. Agar men: “yigirma ming mujallad kitob o'qib chiqqanman” desam ham, mubolag'a qilgan bo'lmayman, lekin kitob o'qishda davom etyapman”.

Donolarimiz: “Kitoblarni yoqib yuborish og'ir jinoyat, biroq dunyoda undan-da og'irroq jinoyat bor, u – kitob o'qimaslik”,deganlar.

Hulosa qilib ytadigan bo'lsak, ajdodlarimiz nima yutuq va ulug'likka erishgan bo'lsalar ilm-ma'rifat bilan erishganlar. Shunday ekan, o'zimiz va farzandlarimizni ham kitob o'qishga o'rgataylik, bo'sh vaqtlarimizni kitob o'qish, ilm-ma'rifat hosil qilish va kasb-hunar o'rganish kabi foydali ishlar bilan utkazaylik. Unutmaylikki, kelajak avlodlarning farovon hayot kechirishi bugun olinayotgan ilm va hunarga bog'liqdir!

Tursunov Abdulboqiy

Hidoya o'rta maxsus islom

 bilim yurti o'qituvchisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

16.07.2025   1563   2 min.
Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.

Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:

“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).

Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyrni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Shunga ko‘ra imom domla Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu akbar deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.