Bugun poytaxtimizdagi "Shayx Zayniddin" jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahri masjidlarida faoliyat yuritayotgan mutavallilar va hisobchilar uchun yig'ilish o'tkazildi.
Tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib borib, jumladan, bunday dedilar:
– Adolati bilan mashhur bo'lgan ikkinchi xalifa Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning:
حَاسِبُوا أَنْفُسَكُمْ قَبْلَ أَنْ تُحَاسَبُوا. وَتَزَيَّنُوا لِلْعَرْضِ الأَكْبَرِ.
وَإِنَّمَا يَخِفُّ الْحِسَابُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَى مَنْ حَاسَبَ نَفْسَهُ فِى الدُّنْيَا
ya'ni: “Hisobga tortilmasdan oldin o'zlaringizni hisob-kitob qiling. Buyuk nomus uchun bezaning. Kim dunyoda nafsini hisob-kitob qilgan bo'lsa, oxiratda hisobi engil bo'ladi”, degan mashhur gaplarini har bir mutavalli, muhtasib o'ziga shior qilib olishi shart.
Mutavallilar masjid ustavida belgilangan tartibda faoliyat yuritishlari lozim. Jumladan, masjidlarning har chorakda belgilangan vaqtdan kechikmasdan topshirishlari lozim bo'lgan moliyaviy hisobotlari, imom-xatibning ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi ishtiroki, taftish hay'ati va umumiy yig'ilish majlis bayonnomalari, qarorlari va e'tiqod qiluvchilar sonini berishlari lozim.
Mutavallilar o'z vazifalarini yaxshi bilishlari lozim. Masjidlardagi bugungi kundagi ayrim kamchiliklar va moliyaviy muammolarning barchasi mutavallilarning, shuningdek, masjid taftish va hay'at a'zolari to'g'ri va to'liq ishlamayotgani oqibatidan kelib chiqayotgani hech kimga sir emas.
Agar taftish hay'ati to'g'ri va to'liq faoliyat yuritsa, masjidlarda ko'ngilsiz hodisalar va muammolar kelib chiqmaydi. Shuningdek, mutavallilar masjidlarga tushadigan tushumlarni aniq va to'g'ri sanoq dalolatnomalarini yuritishlari talab etiladi.
Yig'ilishda bosh imom-xatibning o'rinbosarlari Abdulloh domla Yo'ldoshev va Ergashali domla Rustamov ham so'z olib, mutavalli va hisobchilarga zarur tavsiyalar berishdi.
Tadbir so'ngida xayrli duolar qilindi.

.jpg)
Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.
Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.
Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.
Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.
Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:
| Nomi | Ma’nosi |
| Madina | Shahar |
| Madinatu Nabiy | Payg‘ambar shahri |
| Madinai Munavvara | Munavvar shahar |
| Dorul Hijra | Hijrat diyori |
Po‘latxon Kattayev,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi