Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2026   |   7 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:08
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
17 Noyabr, 2026, 7 Jumadul soni, 1448

Yaqin orada tavba qildingizmi?!

06.11.2020   7540   2 min.
Yaqin orada tavba qildingizmi?!

Alloh haq taolo aytadiki:

Jaholat-la yomonlik qilib qo'yib, so'ngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana o'shalarning tavbasini qabul qiladi. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir[1].

Yana boshqa bir oyati karimada shunday deydi:

Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom bo'lsin, Robbingiz O'z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so'ngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag'firatli va rahmli zotdir», deb ayt[2].

Barcha aybu nuqsonlardan pok bo'lgan Alloh taolo, o'ylamay ish qilish yoki ahmoqlik qilish orqali gunoh orttirib, shu zaxoti tavbaga shoshilgan insonlarni tavbalarini qabul qiladi.

 Ammo yomon ishlariga nadomat qilmaydiganlar haqida Alloh haq taolo shunday deydi: Yomonliklarni qilib yurib, birlariga o'lim etganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida o'lganlarga tavba yo'q. Ana o'shalarga alamli azoblarni tayyorlab qo'yganmiz[3].

Ba'zi insonlar gunoh qilishlari bilan tavbaga shoshilmay to g'arg'ara kelguncha tavba qilib olaman deb o'ylaydilar, ana o'shalarning tavbalari o'sha vaqtda qabul qilinmaydi natijada gunohlari bilan birga vafot etadilar – Alloh saqlasin – Alloh unday insonlarga alamli azob tayyorlab qo'ygandir.

Shunday ekan, jonimiz halqumimizga kelmay turib tavbaga shoshilaylik! Va holanki hech bir inson, qachon jon topshirishini bilmas.

 

Muhammadiy Abdurahimov

“Eshon Boboxon” jome' masjidi imom noibi

 

 

 

[1] Niso surasi 17-Oyat.

[2] Anom surasi 54-oyat.

[3] Niso surasi 18-Oyat.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Konfessiyalararo hamjihatlik va bag‘rikenglik — tinchlik va barqarorlik asosi

17.11.2026   2787   2 min.
Konfessiyalararo hamjihatlik va bag‘rikenglik — tinchlik va barqarorlik asosi

16 noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida «Bag‘rikenglik haftaligi» doirasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turli diniy konfessiyalar vakillari, Kengash a’zolari, parlament, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, shuningdek, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda jamiyatda tinchlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, turli konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni asrab-avaylash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha muhokama qilindi.

E’tirof etilganidek, Konfessiyalar ishlari kengashi turli diniy konfessiyalar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash hamda dolzarb masalalarni hamjihatlikda hal etishda muhim maydon vazifasini bajarmoqda.

Muloqotlar davomida ishtirokchilar mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek, xorijiy va mahalliy kuzatuvchilar ham mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi tajriba, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ayniqsa, yosh avlodni bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari asosida tarbiyalash, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, dinlar va madaniyatlar haqida xolis, ishonchli hamda ma’rifiy materiallar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda shakllangan konfessiyalararo totuvlik muhiti nafaqat mamlakatimizdagi barqarorlik, balki xalqaro miqyosdagi o‘zaro anglashuv va hamkorlik uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

Yig‘ilish yakunida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi muloqotni izchil davom ettirish, jamiyatda tinchlik, totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi.

Zero, bag‘rikenglik turli e’tiqod egalarining o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlik asosida bir jamiyatda tinch-totuv yashash madaniyatidir. Bunday qadriyatlarni asrab-avaylash esa barqaror taraqqiyot va farovon kelajakning muhim kafolati sanaladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

 

O'zbekiston yangiliklari