Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2025   |   26 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:13
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:06
Xufton
18:22
Bismillah
17 Noyabr, 2025, 26 Jumadul avval, 1447

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan lavhalar: Ahdga vafo iymondandir (Audio)

27.10.2020   2871   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan lavhalar: Ahdga vafo iymondandir (Audio)

 

O'MI matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Taomning tasbih aytganini eshitganmiz

17.11.2025   28   1 min.
Taomning tasbih aytganini eshitganmiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Biz oyat-alomatlar (mo‘jizalar)ni baraka deb bilar edik, sizlar esa ularni qo‘rqinch bilan qabul qilasiz. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarda edik. Suvimiz tugab qoldi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ozgina suv topib kelinglar, dedilar. Bir idishda ozgina suv olib kelishdi. Rasululloh idishga qo‘llarini tiqdilar, so‘ngra: Kelinglar, muborak suvga kelinglar, Alloh azza va jalladan baraka bo‘ldi, dedilar.

Shunda men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning barmoqlari orasidan suv qaynab chiqayotganini ko‘rdim. Darhaqiqiat, biz taom yeyilayotgan vaqtda tasbih aytganini eshitganmiz” (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyat qilganlar).

Imom Tabaroniy va Imom Bayhaqiy Abu Usayddan rivoyat qilganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalom Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhuning haqlariga duo qilganlarida eshikning kesakisi va uyning devorlari “omiyn”, “omiyn” deb turgan.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Maqolalar