وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُواْ بَلۡ نَتَّبِعُ مَآ أَلۡفَيۡنَا عَلَيۡهِ ءَابَآءَنَآۚ أَوَلَوۡ كَانَ ءَابَآؤُهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ شَيۡٔٗا وَلَايَهۡتَدُونَ١٧٠
170. Ularga: "Alloh tushirgan narsalarga ergashinglar" deyilsa, "Yo'q, ota-boblarimiz qilganlariga ergashamiz", deyishadi. Ota-bobolari hech narsani tushunmagan va to'g'ri yo'lda yurmagan bo'lsa-chi?!
O'tgan barcha payg'ambarlar o'z qavmlarini Alloh tavhidiga da'vat qilishdi, Uning vahiylariga itoat etishga chaqirishdi, Parvardigor ko'rsatgan yo'lda yurishni nasihat qilishdi. Ammo gumroh qavmlar ko'p hollarda osiylik va isyonga borib, "Biz ota-bobolarimizning yo'lidan boshqasini tan olmaymiz" deya sarkashlik qilishdi. Ota-bobolari Allohning dinidan hech narsani tushunmay o'tishgan bo'lsa-chi?! Ular to'g'ri yo'lni aniqlay olmay, zalolat va jaholatda yurishgan bo'lsa-chi?! Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Banda Parvardigoriga yuzma-yuz qilinadi. Alloh taolo bandasiga bunday deydi: "Seni maxluqotning eng aziz-mukarrami va sayyidi qilmaganmidim? Seni jufti halolingga qo'shmaganmidim? Ot, tuyalarni senga bo'ysundirmaganmidim?". "Ha, shunday qilganding", deydi banda. "Menga albatta yuzma-yuz bo'lishingni o'ylaganmiding?" deb so'raydi Alloh. "Yo'q", deydi bandasi. Shunda Alloh taolo bandaga: "Meni unutganing kabi Men ham seni unutdim", deydi" (Muslim rivoyati)
وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ كَمَثَلِ ٱلَّذِي يَنۡعِقُ بِمَا لَا يَسۡمَعُ إِلَّا دُعَآءٗ وَنِدَآءٗۚ صُمُّۢ بُكۡمٌ عُمۡيٞ فَهُمۡ لَا يَعۡقِلُونَ١٧١
171. Kofirlarxuddibaqir-chaqirqilayotgancho'pondanboshqaningovozinieshitmaydiganhayvonlargao'xshaydi: ularkar, soqovvako'rdirlar, tushunishmaydiham.
Sarkash kofirlarni to'g'ri yo'lga da'vat qilish xuddi cho'ponning hayvonlar podasini chaqirgani kabidir, ular ovozni eshitsa-da, ammo hech narsani tushunmay turaveradi. Kofirlar Haqni eshitishdan kar, Haqni so'zlashdan gung va Haqni ko'rishdan benasibdirlar. Bu uch ne'matdan mahrum qavmdan hidoyat umid qilib bo'larmikin?! O'zi bilmaydigan, bilganlarning so'ziga esa kirmaydigan kimsalarning holi ham xuddi shundaydir. Alloh taolo kofirlarning sarkashligi, hamma narsani ko'rib-bilib tursa ham inkor qilishini qulog'i tom bitgan, ko'zi ko'rmaydigan, tili yo'q, o'zi hech narsani tushunmaydigan hayvonlar kabidir, deya tavsiflamoqda. Boshqa bir oyati karimada bunday marhamat qilinadi: "Jahannamuchunjinlarvainsonlarningko'pchiliginiyaratganmiz. Ulardaqalbbor, (lekin) ularbilan "ko'rishmaydi". Ulardaquloqbor, (lekin) ularbilan "eshitishmaydi". Anao'shalarhayvonkabidirlar, balkibundanhambattarroqdirlar. Aynano'shalarg'ofildirlar" (A'rof, 179). Hozirgi paytda ham ayrim insonlarga Allohning vahdoniyati, Uning haq dini haqida gapirguday bo'lsangiz, xuddi eshitishni xohlamagan kabi qulog'ini bekitib, ko'zlarini yumib, dilini mahkam qulflab oladi. Bundaylar haqiqiy johil, gumroh, ikki dunyosini boy bergan bebaxt kimsalardir.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati