Sayt test holatida ishlamoqda!
21 May, 2026   |   3 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
04:59
Peshin
12:25
Asr
17:28
Shom
19:44
Xufton
21:15
Bismillah
21 May, 2026, 3 Zulhijja, 1447

Diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlar e'tirof etildi

25.10.2020   2485   2 min.
Diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlar e'tirof etildi
O'zbekiston dunyo nigohida
 
Misr Arab Respublikasining har kuni qariyb 2 million nusxada chop etib kelinayotgan nufuzli “Al-Habar al-youm” (“Kun xabari”) gazetasida “O'zbekistonda Imom al- Moturidiy nomidagi xalqaro ilmiy- tadqiqot markazi tashkil etildi” sarlavhali maqola (https://alkhabaralyoum.com/index.php/more/tech/21994) chop etildi. 

Maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida yana bir nufuzli ilm-ma'rifat maskani tashkil etilgani keng yoritilgan. 

So'nggi yillarda O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar keng tahlil etilgan maqolada islom olamidagi buyuk alloma Imom Moturidiy merosini chuqur o'rganish, yosh avlodni umumiy ezgu insoniy g'oyalar ruhida tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ushbu markaz faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi haqida so'z boradi. 

Maqolada aqida va kalom ilmi rivojiga beqiyos hissa qo'shgan Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo'lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-ma'naviy merosini chuqur o'rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish kabi muhim masalalarga e'tibor qaratiladi. 

“Qaror matnida markaz va muassasalar o'rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ko'rsatilgan. Muxtasar aytganda, O'zbekistonda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi diniy-ma'naviy sohadagi islohotlarning yangi bosqichini o'rganishga imkon beradi”, deb yozadi gazeta. 

Darhaqiqat, Moturidiy merosi islom dinining asl fitratini namoyon qilib, jahon tamadduniga katta hissa qo'shadigan noyob manba hisoblanadi. Zero, bu kabi bebaho ma'naviy mahzanni o'rganish va uni keng jamoatchilikka etkazishni davrning o'zi taqozo etmoqda. 
 
 
O'zA
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+)

20.05.2026   2345   1 min.
“Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+)

Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Rektor kubogi” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “25 may – Xalqaro futbol kuni” arafasida O‘FA maydonida o‘tkazilgan final bahslari keskin va do‘stona ruhda kechdi.


Musobaqa yakuniga ko‘ra, sovrinli o‘rinlarni quyidagi jamoalar band etdi:

  • 1-o‘rin — “Baroqxon” jamoasi (Kubok sohibi)

  • 2-o‘rin — “Shoshiy” jamoasi

  • 3-o‘rin — “Fuqaho” jamoasi


Shuningdek, turnir davomida ajralib turgan ishtirokchilar maxsus nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Institut prorektori Xoshimjon Amanov «Eng yaxshi o‘yinchi», katta o‘qituvchi Elyor Ahmatqulov «Eng yaxshi to‘p urar» va institut psixologi Oybek Ismoilov «Eng yaxshi darvozabon» deb topildi.


Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga sovrinlar topshirildi. Turnirni tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiy tashkilotlarga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

“Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+) “Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+) “Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari