وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَتَّخِذُ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَندَادٗا يُحِبُّونَهُمۡ كَحُبِّ ٱللَّهِۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَشَدُّ حُبّٗا لِّلَّهِۗ وَلَوۡ يَرَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ إِذۡ يَرَوۡنَ ٱلۡعَذَابَ أَنَّ ٱلۡقُوَّةَ لِلَّهِ جَمِيعٗا وَأَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُٱلۡعَذَابِ١٦٥
165. OdamlarorasidaAllohdano'zgalarniUngatengqilib, ularniAllohnisevgandeksevadiganlarhambor. Mo'minlarningesaAllohgamuhabbatlarihaddanziyodadir. Zolimlarazobgaro'parabo'lishgachbarchakuch-qudratAllohgaginaxosekaninivaAllohningazobiqattiqliginibilishsaedi!
Insonlar orasida butu sanamlarni, allaqanday tayini yo'q "iloh" va "ilohcha"larni Allohga tenglaydigan, ana shu suyanganlarini Allohdan ham yaxshiroq sevadigan, ulardan ko'proq umidvor bo'ladigan kimsalar ham bor. Qur'oni karimda bunday marhamat etilgan: "Ogohbo'lingizki, xolisdinyolg'izAllohnikidir. Undano'zga "do'st"larni ("iloh") qilibolgankimsalar: "FaqatulargabizniAllohgayaqinqilishlariuchunginaibodatqilurmiz", (deyishadi)" (Zumar, 3). Ular mushriklardir, ular bu qilmishlari uchun qiyomat kuni Alloh taolo huzurida jazo soatlarini vahima ichra kutib turganida ana shu o'zlari sig'ingan, Allohdan ustun va afzal ko'rgan ishonganlari yordamga kelarmikin?! O'z joniga zulm qilgan bunday zolim kimsalar qiyomat kuni butun kuch-qudrat ham, hukm chiqarish ham faqat Alloh taoloning O'zigagina xos ekanini, Allohning azobi nihoyatda qattiqligini bilishganida, dunyo hayotida Parvardigorlariga hech kimni, hech narsani sherik qilmagan bo'lishar edi. Alloh taolo aytadi: "Ularujoyda: "Parvardigoro, bizlarnichiqar, qilibo'tganamallarimizdanboshqachaamallarqilaylik", deyafaryodchekishadi. Axir, Bizsizlargaeslatmaoladigankishieslatmaolgudekuzoqumrbermaganmidik?! Sizlargaogohlantiruvchi (payg'ambar) hamkelganedi-ku! Bas, endi (jazolaringizni) totavering, zolimlaruchunyordamchibo'lmaydi" (Fotir, 37). Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo rivoyat qiladi: "Nabiy alayhissalom bir so'z aytdilar, men ham bir so'z aytdim. U zot: "Alloh taolodan boshqalarni Unga sherik qilgan odam o'lsa, do'zaxga tushadi", dedilar. Men: "Alloh taolodan boshqani Unga sherik qilmagan odam o'lsa, jannatga tushadi", dedim" (Buxoriy rivoyati).
إِذۡ تَبَرَّأَ ٱلَّذِينَ ٱتُّبِعُواْ مِنَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُواْ وَرَأَوُاْ ٱلۡعَذَابَ وَتَقَطَّعَتۡ بِهِمُ ٱلۡأَسۡبَابُ١٦٦
166. O'shandapeshvolaro'zlarigaergashuvchilardantonishadivahammalariazobniko'rishadi, oralaridagimunosabatlarqirqiladi.
Inson dunyo hayotida kimga suyanib, kimni peshvo sanab yurgan bo'lsa, qiyomat kunining dahshatidan o'sha peshvolar ham sarosimaga tushib qolgani uchun ergashuvchilaridan tonib yuboradi. Chunki peshvomi-ergashuvchimi, hammaning ko'z oldida qiyomat dahshatlari, o'zlariga beriladigan azoblar ravshan namoyon bo'lib turibdi. Bunday holatda ularning oralaridagi har qanday munosabatlar uziladi, har kim o'zini, oqibatini o'ylab qoladi. Qur'oni karimda zikr etilganiday: "Yokiularningsheriklaribormi? Uholdarostgo'ybo'lishsa, o'shasheriklarinikeltirsinlar!" (Qalam, 41); "Ukundado'stdo'stidan (hol-ahvol) so'ramaydi" (Maorij, 10).
وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُواْ لَوۡ أَنَّ لَنَا كَرَّةٗ فَنَتَبَرَّأَ مِنۡهُمۡ كَمَا تَبَرَّءُواْ مِنَّاۗ كَذَٰلِكَ يُرِيهِمُ ٱللَّهُ أَعۡمَٰلَهُمۡ حَسَرَٰتٍ عَلَيۡهِمۡۖ وَمَا هُم بِخَٰرِجِينَ مِنَ ٱلنَّارِ١٦٧
167. Ergashuvchilar: "Koshkiqaytishningilojibo'lganidaularbizlardantonganidek, bizhamulardantonardik", deyishadi. Allohularningqilmishlarinimanashundayo'zlarigaarmonliko'rsatibqo'yadivaulardo'zaxdanaslochiqaolishmaydi.
Nodon kimsalar dunyoda ergashgan peshvolari qiyomat kuni o'zlari bilan ovora bo'lib, ergashuvchilarga hatto qiyo boqmay turgan lahzalarda dod-voy qilib qolishadi. "Agar yana dunyoga qaytishning iloji topilsa, ular bizdan tonib yuborganlariday, biz ham ulardan tongan, Allohning payg'ambariga ergashgan bo'lar edik" deya nadomatlar chekishadi. Ammo endi kech, hukmlar o'qilgan, siyohlar qurigan, har bir kimsa qilmishi uchun javob beradigan fursat kelgan. Alloh taolo har bir bandaning dunyo hayotida qilgan ishlarining eng mayda-chuydasigacha yozilgan nomai a'mollarini ko'rsatib qo'ygan. Dunyo hayotida kufr va shirk bilan o'tganlar qilmishlari naqadar armonli bo'lganini ko'rib-bilib, o'zlarini qo'ygani joy topolmay qolishadi. Endi ular qancha afsus-nadomatlar qilishmasin, bahonalar topishmasin, kimlarnidir va nimalarnidir ro'kach qilmasin, kimlardandir umidvor bo'lishmasin, baribir do'zaxdagi mangu azoblardan qutula olishmaydi. Chunki Alloh taoloning bunday va'dasi bor: "(Qiyomatkuni) zolimkimsalar: "Parvardigoro, bizlargaozginamuhlatber, Seningda'vatinggaijobateturmizvapayg'ambarlargaergashurmiz", deyishadi. (Ulargashundayjavobqilinadi): "Ilgarizavolgayuztutmasligingiz (o'lmasligingiz) haqidaqasamichganemasmidingiz?!" (Ibrohim, 44); "(Yo'q, sizlarmanashuazobdamanguqolasizlar). Bungasabab, qachonyolg'izAllohgagina (ibodatqilishga) da'vatetishganidakofirbo'lgansiz, bo'ysunmagansiz, UZotgasherikqilinganlargaimonkeltirgansiz" (G'ofir, 12).
Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.
Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.
Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.
Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati