Kecha, 16 oktyabr' kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani “Halq yo'li” mahallasi hududidagi “Sayyid Habibulloxon” masjidi rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi vakillari jome xodimlariga masjidning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomani topshirdi. Shundan so'ng namozxonlar ushbu jomeda ilk juma namozini ado etishdi.
Ma'lumot uchun, ushbu jome bilan Respublikamizdagi masjidlar soni 2077 ta, Surxondaryo viloyatida esa 116 taga etdi.
Alloh taolo ushbu masjidni xalqimizga, xususan, “Halq yo'li” mahallasi ahliga muborak qilsin. Yurtimizda masjidlar ochilishiga hissa qo'shayotgan insonlardan Haq taolo rozi bo'lsin, bunday xayrli ishlarni bardavom aylasin!










O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar bo‘limi tomonidan otinoyilar ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda aqida, fikh, siyrat, hadis, mavlid va janoza masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.
Bugun, 29 yanvar kuni tizimda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun Aqida va fikh fanlari doirasida o‘quvlar boshlandi. Ikki mingdan ziyod tinglovchi qatnashgan, “Islom shariatida poklik masalalari” deb nomlangan ilk mashg‘ulotni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi Odinaxon Muhammad Yusuf o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘ulotlarini Fatvo markazi mutaxassislari, “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchilari olib borishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati