Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Noyabr, 2026   |   27 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
07:01
Peshin
12:12
Asr
15:30
Shom
17:15
Xufton
18:30
Bismillah
07 Noyabr, 2026, 27 Jumadul avval, 1448

23.10.2023   8635   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi

13.02.2026   27510   1 min.
Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi

#xabar #jizzax #masjid

Bugun, 12 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida qayta qurilgan “Fayzulloh Maxdum” masjidi yangi binosining ochilish marosimida qatnashdilar.
 

Muftiy hazratlari masjid qavmini yaqinlashib kelayotgan Ramazoni sharif hamda qayta qurilgan go‘zal va shinam masjid bilan qutlab, muborakbod etdilar. Bugungi kunda obod bo‘layotgan masjidlarda mo‘min-musulmonlarga yaratilgan qulayliklar haqida gapirar ekanlar, bularning barchasi taraqqiyotimizning yangi davrida Allohning bizga bergan ulkan ne’mati ekanini alohida qayd etdilar. Shu bilan birga, masjidni obod etish ulkan ajr-savobli amal ekanini hadislar bilan dalillab, qurilish ishlarida ko‘makchi bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz haqqiga duo qildilar.


Ma’lumot o‘rnida, masjidning yangi binosi qurilishi 2022 yil noyabr oyida boshlangan. Umumiy maydoni 32 sotix bo‘lgan masjidda 600 nafardan ziyod namozxon ibodatlarni emin-erkin ado etishi mumkin. Balandligi 6 metr, aylanasi 50 diametr bo‘lgan gumbaz masjid ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Zamonaviy tahoratxonada bir vaqtning o‘zida 20 kishi bemalol tahorat olishi mumkin. Masjid zamonaviy isitish va sovutish tizimlari, ovoz kuchaytirgichlar bilan ta’minlangan. Imomlar, qabulxona va qorovul uchun alohida xonalar qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi Jizzaxda qayta bunyod etilgan masjid foydalanishga topshirildi