Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Noyabr, 2026   |   30 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:05
Peshin
12:12
Asr
15:27
Shom
17:11
Xufton
18:27
Bismillah
10 Noyabr, 2026, 30 Jumadul avval, 1448

23.10.2023   9166   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Azq qudug‘i

02.02.2026   8170   1 min.
Azq qudug‘i

Azq qudug‘i (بئر عذق) — Madinai munavvaradagi mashhur quduqlardan biri bo‘lib, Qubo masjididan taxminan 150-200 metr g‘arbda joylashgan. Quduq hozirgi kunda "Mustazol" (soyalanish joyi) deb nomlanuvchi bog‘ ichida joylashgan.

Madina ahli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hijrat qilib kelganlarida aynan shu quduq yaqinida kutib olishgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga yetib kelib, Banu Amr qavmi mahallasiga, Kulsum ibn Hadm roziyallohu anhunikida to‘xtaganlar. Qavm U zotga shu yerdagi bog‘ning "mirbad"ini, ya’ni xurmo terib, quritiladigan joyni hadya qilgan.

Ushbu joyga Payg‘ambarimiz alayhissalom Islom tarixidagi ilk masjid Qubo masjidining poydevorini chizib, qurishni boshlaganlar.

Hozirgi kunda Azq qudug‘i ko‘milib ketmagan, hanuz  foydalanilmoqda. U yerga suv nasosi o‘rnatilgan bo‘lib, ziyoratchilar Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam davridagidek, undan tahorat olishlari va ichishlari mumkin.

Toshkent islom instituti

katta o‘qituvchisi Po‘latxon Kattayev

Siyrat