Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Sentabr, 2026   |   16 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:57
Quyosh
06:15
Peshin
12:14
Asr
16:25
Shom
18:16
Xufton
19:31
Bismillah
27 Sentabr, 2026, 16 Rabi`us soni, 1448

23.10.2023   5202   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Imom-xatiblar boshchiligida qabriston va ziyoratgohlar obod etilmoqda

25.05.2026   25250   1 min.
Imom-xatiblar boshchiligida qabriston va ziyoratgohlar obod etilmoqda

Muborak Qurbon hayiti ayyomi arafasida yurtimiz bo‘ylab qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlari keng quloch yoydi.

Xususan, joriy yilning 23–24 may kunlari respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham xayriya hasharlari yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. 
 

Mazkur xayrli tashabbus doirasida Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va diniy soha xodimlari o‘zlariga biriktirilgan qabristonlarda hashar ishlarini boshlab yubordilar.


Hashar davomida quyidagi keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda: 
 

  • Hududlarni tozalash: Qabristonlar atrofi va ichi qurigan o‘t-o‘lanlardan, shox-shabbalardan hamda chiqindilardan butunlay tozalanmoqda;

  • Ko‘klamzorlashtirish: Ziyoratgohlar hududiga mahalliy iqlimga mos bo‘lgan manzarali daraxt ko‘chatlari, turfa xil gullar hamda fayz bag‘ishlovchi rayhonlar ekilmoqda.
     

Bu kabi tizimli ishlar natijasida viloyatdagi qabriston va ziyoratgohlar yanada obod, ozoda va fayzli maskanga aylantirilmoqda. 
 

Xalqimizda o‘tganlarning xotirasini shod etish, ularning manzillarini ozoda saqlash azaldan muqaddas qadriyat va ulug‘ savobli amallardan sanaladi. Hayit oldidan o‘tkazilayotgan bunday hasharlar jamiyatimizdagi hamjihatlik va ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmatning yorqin namunasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar boshchiligida qabriston va ziyoratgohlar obod etilmoqda Imom-xatiblar boshchiligida qabriston va ziyoratgohlar obod etilmoqda