Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Sentabr, 2026   |   19 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:00
Quyosh
06:18
Peshin
12:13
Asr
16:21
Shom
18:11
Xufton
19:25
Bismillah
30 Sentabr, 2026, 19 Rabi`us soni, 1448

23.10.2023   5591   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Hayz ko‘rgan ayol Qur’on tilovat qilishi mumkinmi?

07.05.2026   18271   1 min.
Hayz ko‘rgan ayol Qur’on tilovat qilishi mumkinmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Qur’onni yoddan o‘qish tahorati yo‘q kishi (muhdis) uchun joiz, ammo junub, nifos va hayz ko‘rgan ayollar uchun taqiqlangandir.

Buning sababi (hikmati) quyidagicha: Arab qavmi, Alloh taolo: “U (Alloh) ummiylar ichiga o‘zlaridan bo‘lgan Rasulni yuborgan Zotdir...” (Juma surasi, 2-oyat) deb sifatlaganidek va Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Biz ummiy ummatmiz; na hisobni va na yozishni bilamiz”, deb aytganlaridek, asosan xat-savodsiz bo‘lishgan. Ulardan Islomga kirganlar Qur’onni faqat eshitish (talqin) orqali qabul qilishar,  qalblarida yodlab qolishar edi.

Qur’onni yodda saqlab qolish maqsadida uni ko‘p takrorlashga ehtiyoj sezardilar. Agar ularga Qur’on o‘qigan har bir holatlarida pok (tahoratli) bo‘lish majburiyati yuklanganda, bu ularga qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lardi. Ularning ichida Mus'hafdan o‘qiydiganlari kam edi, shuning uchun Mus'hafni ushlash va undan o‘qish vaqtida tahoratli bo‘lish sharti ularga og‘irlik qilmasdi.

Shu ma’noga ko‘ra, tahoratsiz kishiga qiroat qilish joizligi va junub kishiga mumkin emasligi o‘rtasidagi hukm ajratildi. Chunki junublik holati tahoratsizlik (kichik betahoratlik) kabi doimiy va tez-tez sodir bo‘lmaydi.

Tahoratsiz kishiga Qur’on o‘qish uchun tahoratni vojib qilishda mashaqqat bor, ammo junublikdan g‘usl qilishni vojib qilishda mashaqqat yo‘q. Vallohu a’lam (Alloh biluvchiroqdir).

Qaffol Shoshiy. “Mahosin ash-shari’a”.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV