O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi diniy sohada ko'p yillar samarali xizmat qilgan, jonkuyar ulamo, Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani bosh imomi hamda "Eski Qo'rg'on" jome masjidi imom-xatibi Tohir domla Ismatillayevning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.
Haq taolo marhumning farzandu arjumandlari va barcha yaqinlariga go'zal sabr bersin.
Yaratgan oxiratlarini obod qilsin!
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun!
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati