Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Mart, 2026   |   6 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:58
Quyosh
06:17
Peshin
12:34
Asr
16:51
Shom
18:45
Xufton
19:58
Bismillah
26 Mart, 2026, 6 Shavvol, 1447

O'zbekiston – islom dunyosida terrorizm, ekstremizm kabi buzg'unchi g'oyalarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan mamlakat

19.09.2020   3739   3 min.
O'zbekiston – islom dunyosida terrorizm, ekstremizm kabi buzg'unchi g'oyalarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan mamlakat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan so'nggi yillarda ilgari surilayotgan xalqaro va mintaqaviy tashabbuslar jahon hamjamiyat tomonidan munosib qarshi olinmoqda. Ushbu takliflarning qo'llab-quvvatlanishi va izchil amalga oshirilishini dunyoning siyosiy manzarasi o'zgarib borayotgan bugungi kun talabi nuqtai nazaridan ilgari surilganiga yana bir misol.

Turkiyaning Buyuk millat majlisidagi “Turkiya-O'zbekiston” parlamentlararo do'stlik guruhi raisi Osman Mesten “Dunyo” AA muxbiriga bergan interv'yusida davlatimiz rahbari boshchiligida O'zbekiston erishayotgan yutuqlar va xalqaro miqyosda taklif etayotgan tashabbuslar ahamiyati haqida quyidagilarni qayd etdi:

– Dunyoda ekstremizm, qurolli to'qnashuvlar, qon to'kilishi, jaholat va zalolat, murosasizlik, adolatsizlik kabi holatlarga guvoh bo'lyapmiz. Islomofobiya kun sayin kuchayib bormoqda. Bu esa dunyodagi barqarorlikka salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois bugun xalqaro miqyosda adolat va ilm-ma'rifatga asoslangan yangi global tizimga ehtiyoj bor. Bunda adolat va ma'rifatning dunyo uzra yoyishga qodir etakchilarga ehtiyoj bor.

O'zbekiston Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylarining bu yo'nalishda olib borayotgan kuchli davlat siyosati bizda alohida qiziqish uyg'otmoqda. U Prezident sifatida ish boshlagan ilk kunlardan e'tiboran ichki va tashqi siyosatda jiddiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdi va bu yo'nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda. Davlatingiz rahbari mamlakatning boy tarixi va bebaho merosidan qudrat olib, tajriba va dadillik bilan insoniyatga ziyo ulashgan Imom Buxoriy, Moturidiy, Beruniy, Farobiy kabi ulug' allomalarga munosib voris sifatida xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lmoqda.

Hususan, 2018 yilda BMT Bosh Assambleyasining “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasi, keyinroq esa BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasiga doir Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident Shavkat Mirziyoevning faol siyosiy etakchiligi bilan amalga oshirildi.

O'zbekiston chuqur tarixiy va bugungi tadrijiy rivojlanish orqali dunyoga insoniy, islom madaniyati va ma'rifatini tarqatuvchi markaz sifatida tanilish uchun etarli imkoniyat va salohiyatga ega.

Hozirgi kunda islom dunyosida terrorizm, ekstremizm kabi buzg'unchi g'oyalarga qarshi eng muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan mamlakat ham aynan O'zbekistondir. Bugun O'zbekiston dunyoga tinchlik, taraqqiyot, madaniyat va ma'rifat tarqatishda davom etmoqda.

O'zbekiston Oliy Majlisi Senati qoshida yoshlar parlamenti tashkil etilganini olqishlaymiz. Ushbu tashkilotning tuzilishi Prezident Shavkat Mirziyoevning yoshlarga bo'lgan e'tibori bilan birgalikda, uning o'z mamlakati kelajagini ma'rifatparvar yoshlar timsolida ko'rayotganidan dalolatdir. Prezident O'zbekiston yoshlarining dunyo mamlakatlarida, shu jumladan Turkiya oliygohlarida zamonaviy bilim va kasb egallashlariga alohida ahamiyat qaratmoqda. Turkiy islom madaniyatining qayta tiklanayotgani va bu borada Prezidentlar Mirziyoev Shavkat va Rejep Tayyip Erdo'g'on etakchilik qilayotgani kelajakka bo'lgan ishonchni kuchaytirmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Tuyaga boqmaydilarmi?” – Qur’on chorlagan tafakkur

26.03.2026   1166   3 min.
“Tuyaga boqmaydilarmi?” – Qur’on chorlagan tafakkur

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Iymon va tafakkur

 

      Doktor Zag‘lul Najjor shunday deydi:

“Ramazon oyi kirib kelganda inson o‘z nafsi bilan bir lahza to‘xtab, fikr yuritishi va tafakkur qilishi kerak. Chunki har bir Ramazon – Qur’oni karim bilan yangi sayohatdir. Men odatda bir sura yoki bir nechta oyatni tanlab, uning ma’nolari haqida chuqur o‘ylayman, sirlarini anglashga harakat qilaman.

Bu yil esa mening e’tiborimni bir oyati karima o‘ziga tortdi. U qalbimni larzaga soldi va Yaratgan Zotning buyuk qudratini yanada chuqur his qildirdi. Ushbu oyati karima insonni faqat qarashga emas, balki chuqur tafakkur qilishga chorlaydi.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Axir ular tuyalarga qarab, qanday yaratilganiga boqmaydilarmi – u qanday yaratilgan?(G‘oshiya surasi, 17–oyat).

Tuya – yer yuzini kezuvchi ajoyib mo‘jizakor hayvonlardan biridir. Keling, uning ba’zi hayratlanarli xususiyatlari haqida mulohaza qilaylik.

Tuya sho‘r suvni ham ichishi mumkin. Ammo shunga qaramay, uning tanasidagi muvozanat buzilmaydi. Chunki uning buyraklari juda mukammal tozalash tizimi kabi ishlaydi: suvni tuzdan ajratib, tanasiga toza holda yetkazadi.

Tuya qattiq tikanlarni ham bemalol iste’mol qila oladi. Bu esa uning og‘zi va hazm tizimi o‘ziga xos tarzda yaratilgani bilan bog‘liq. Shu sababli tikanlar unga zarar yetkazmaydi.

Tuyaning ko‘zlari ham juda ajoyib tarzda yaratilgan. Unda ikki xil qovoq bor: biri oddiy qovoq, ikkinchisi esa shaffof pardaga o‘xshaydi. Qum bo‘roni paytida shu shaffof qovoq yopilib, tuya yo‘lini ko‘rishda davom etadi, ammo ko‘ziga bir dona qum ham kirmaydi.

Uning yana bir ajoyib xususiyati - tanasi haroratini muhitga moslashtira olishidir. Sovuq joyda haroratini ko‘taradi, juda issiq sahroda esa pasaytiradi. Bu darajadagi moslashuv boshqa ayrim jonzotlarda uchramaydi.

Shuning uchun Qur’on karimda: Ular tuyaga qaramaydilarmi u qanday yaratilgan? – deya tafakkurga chaqiriladi.

Bir oz diqqat bilan qaragan inson ushbu maxluqning har bir a’zosida Allohning qudrati namoyon ekanini ko‘radi. Go‘yoki uning har bir hujayrasi: “Bu Allohning yaratishidir”, deb guvohlik berayotgandek.

Olimlar aytadilarki, ushbu oyati karimada Alloh taolo inson e’tiborini tuya yaratilishidagi sirlarga qaratmoqda. Chunki unda tafakkur qilgan inson uchun tavhid (Allohni yagona deb e’tiqod qilish) ga eltuvchi dalillar va ilohiy qudratning belgilarini ko‘rish mumkin.

Haqiqiy ilm ahllari shuni ta’kidlashadi: tuya yaratilishi haqida tafakkur qilgan inson Qur’on karim tabiatiga bekorga ishora qilmaganini anglaydi. U inson aqlini oddiydek ko‘ringan, ammo ajoyib yaratilgan maxluqotlar orqali Alloh taoloning qudratini anglashga chaqirmoqda:

 “Ey Robbim, Sen naqadar buyuksan!
 Kitobingdagi har bir oyat – nur,
yaratgan har bir maxluqing
– dalil,
va har bir tafakkur
iymon eshiklaridan birini ochadi.

                                 Ilyosxon Ahmedov tarjimasi.

 

Maqolalar