Loyiha ishtirokchilariga ko'ra, hozirga qadar uning jildlari 45 ta bo'lib, o'zbek tilida 47 jildda nashr etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tarjima jarayonlari 5 yil avval boshlangan.
Shu o'rinda ushbu kitob va uning ahamiyati haqida to'xtalib o'tsak. “Katta fiqh entsiklopediyasi” – zamonaviy davrdagi eng yirik fiqhiy entsiklopediya bo'lib, u hijriy o'n uchinchi asrga qadar islom huquqshunosligi merosining zamonaviy va hujjatlashtirilgan shaklidir. Hozirga qadar uning jildlari katta hajmda bo'lgan 45 jildga etgan bo'lib, ular tadqiqotchilar va qoziyot mutaxassis (sud ekspert) lari talabalariga qulay bo'lishi uchun, lug'aviy tartibda (alfavit bo'yicha) joylashtirilgan.
Qirq besh jilddan iborat bu yirik va nufuzli asar dunyo islom ulamolari orasida juda mashhurdir. Alloma shayx Mujohidul Islom Qosimiy boshchiligidagi Hindistonda Islom Fiqh Akademiyasi olimlarining sa'y-harakatlari bilan urdu tiliga tarjima qilingan. Ammo entsiklopediya hali urdu tilidan boshqa musulmon xalqlari tiliga to'liq tarjima qilinmagan.
Ushbu ilmiy loyiha boshlanishi 1951 yil Parijda bo'lib o'tgan Islomiy Fiqh haftaligi konferentsiyasidan so'ng boshlangan edi. Konferentsiyaning yakuniy qaror va tavsiyalari qatorida islomiy huquqiy ma'lumotlarni zamonaviy uslublar va leksik tartibga ko'ra taqdim etiladigan huquqshunoslik entsiklopediyasini tuzish ham bor edi.
Ushbu ikki yuz taniqli olim tomonidan tayyorlangan entsiklopediya 1956 yilda Misr va Suriyadan iborat arab davlatlari birlashmasi qo'mitasi tomonidan boshlangan. So'ngra esa mablag' taqchilligi sababli Quvayt davlatida davom etirilgan. Uning yozilib tugallanishiga qirq yildan oshiqroq (1965-2005) vaqt ketgan bo'lib, Quvayt davlatida nihoyalangani uchun “Quvayt fiqh entsiklopedisi” nomini olgan. Entsiklopediya ko'plab musulmon mamlakatlarda nashrdan chiqqan bo'lib, fiqh va qonunchilikda mahkama, muassasa va olimlarning asosiy murojaat qiladigan manbasi bo'lib qolgan.
Fiqh entsiklopediyasini tayyorlashda islom huquqshunosligi sohasidagi yuzlab taniqli olimlar qatnashdilar. Entsiklopediya qat'iy ravishda Vaqflar vazirligida tayinlangan huquqshunoslar orasidan ma'muriyat xodimlariga tayanar edi. Fiqh entsiklopediyasining huquqshunoslik va uni qo'llab-quvvatlovchi ilmlar sohasida ixtisoslashgan ushbu yaxlitligida, Kuvaytning ichkarisidan va tashqarisidan juda ko'p sonli olimlardan foydalangan, ular yozish uchun yagona rejada va ilmiy ko'rib chiqish va yakuniy tasdiqlash uchun boshqa rejada ma'lum atamalarni yozish uchun tayinlangan. Fiqh entsiklopediyasi ma'muriyati doirasidan tashqarida yozganlar soni turli musulmon mamlakatlaridan kelgan ikki yuz taniqli huquqshunos etgan etdi.
Fiqh entsiklopediyasining bosh kotiblari (mas'ul shaxslar)
O'tgan qirq yil ichida “Katta fiqh entsiklopediyasi”ning bosh kotiblari:
Ushbu entsiklopediyadan ko'proq manfaatlanish borasidagi harakatlar bois, u CD-diskka va yana zamonaviy vositalarga joylanib, tadqiqotchilarga taqdim qilinmoqda. Hozirda fiqh entsiklopediyasi huquqshunoslik materiallarini islom va g'ayriislom dunyosi tillariga tarjima qilish ustida jiddiy ishlar olib borilmoqda.
Entsiklopediya o'z ichiga fiqhiy masalalarni to'rt mazhab dalillari asosida qiyosiy-tahlil qilib jamlagan asardir. Har bir mavzu doirasida istilohning ta'rifi, unga oid aloqador so'zlar, ijmoliy hukmi va o'rganilgan o'rinlari joy egallagan. O'z navbatida, bularning barchasi mavzuning katta qamrovli ekani yoki aksinchaligiga qarab ehtiyoj doirasida bir qancha bandlarga taqsimlangan. Istiloh “ta'rifi”da atamaning lug'at kitoblari va ulamolar bergan tushunchalari keltirilgan bo'lsa, “aloqador so'zlar” bandida istilohning boshqa so'zlar bilan bog'liqligi va ularning qisqa tavsifi o'rganilgan. “Ijmoliy hukm”da esa istilohning fiqhiy jihatdan mavzuli joylari, mazhablar qarashlari va ularning bunga doir dalillari biror tarafga og'magan holda, ob'ektiv keltirilgan. Istilohning “o'rganilgan o'rinlari” bandida mavzu haqida boshqa manbalarda keltirilgan fikr va mulohazalar tadqiq qilingan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar #ramazo #vatandoshlar #iftorlik
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan dunyoning turli davlatlarida yashab mehnat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida yurtimizdan borgan ulamolar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, iftorlik dasturxonlari hamda taroveh namozlari davom etmoqda.
Rossiyaning Moskva shahrida “O‘zbekiston kuni” doirasida iftorlik dasturxoni yozilib, unga 500 nafarga yaqin vatandoshlar taklif etildi. Tadbirda Ramazon oyining fazilatlari, birodarlik, mehr-muruvvat va o‘zaro hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlar haqida ma’ruza qilindi.
AQSHning Orlando shahridagi Imom Buxoriy markazida ham navbatdagi suhbat o‘tkazilib, taroveh namozi ado etildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” nomli kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ma’rifiy suhbat davomida tarbiyaning ahamiyati va boshqa mavzularda savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Finlandiyaning Helsinki shahridagi O‘zbek madaniyati markazida ham vatandoshlar uchun ana shunday tadbirlar tashkil etildi. Unda vatandoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, “Ayollar – Allohning omonati”, “Vatan sajdagoh kabi ulug‘dir” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Tadbirda 160 nafarga yaqin vatandoshimiz qatnashdi.
Shuningdek, Janubiy Koreyaning Geongsan shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidida vatandoshlar ishtirokida taroveh namozi ado etildi. Unda asosan talabalardan iborat 150 nafarga yaqin namozxon ishtirok etdi. Namozdan so‘ng “Ramazon – saxovat oyi” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Bunday xayrli tadbirlar xorijdagi yurtdoshlarda ona Vatanga muhabbatni yanada oshirish, ular o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati