Janubiy Koreya hukumati musulmon turizmiga e'tibor qaratib, halol dam olishni tanlaganlarni mamlakatga tashrif buyurishlariga jalb qilishga intilmoqda. Koreya turizmni rivojlantirish milliy tashkiloti sayyohlik yo'nalishlarini targ'ib qilish doirasida musulmonlarning ushbu Osiyo mamlakatida dam olish imkoniyatlarini namoyish etuvchi bir qator videoroliklarni chiqardi.
Islamisemya.com ma'lumotlari bo'yicha, jumladan, videoroliklar Janubiy Koreyaning halol restoranlar haftaligiga bag'ishlangan bo'lib, keyingi dushanbadan boshlab Youtube dagi Korea Tourism Organization kanalida "halol TV" efirga chiqa boshlaydi.
2 hafta ichida kanal musulmonlar bu mamlakatda qanday halol koreys taomlaridan ta'tib ko'rishlari mumkinligini ko'rsatadi. Koreyaning "eng yaxshi oshpaz" reality-shousi g'olibi Choi Gvang-xo halol pazandachilik shousining olib boruvchisi bo'ladi.
Shouning yana bir epizodida musulmon muhojirlar tomoshabinlarni mamlakatdagi eng yaxshi halol restoran va kafelar bilan tanishtiradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh bunday deganlar:
“O‘zingni noma’lumlik yeriga ko‘m!” Odamlar e’tibori aldamchidir, bu shirin yolg‘on, shirin zahar kabi halok qilmasin, umringni yoqib kulini ko‘kka sovurmasin.
Vafot qilganingda "Jasad qani?", "Murda qayerda?" deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Janoza namozingni o‘qimoqchi bo‘lishganda "Tobutni hozirlanglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Dafn qilishayotganda "Mayyitni olib kelinglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Shunday ekan, qavming, mansabing, naslu nasabing seni aldab qo‘ymasin.